«Milan» bilan yangi shartnoma imzolagan 18 yoshli darvozabon Janluiji Donnarumma jamoani tark etish haqida o‘ylamaganini aytdi.
«Bu jamoaning bir qismi bo‘lishdan faxrlanaman. Bu yerda qolishimga shubha qilmaganman. Meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman» - dedi futbolchi Football Italia xabarida.