Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Murod Xolmuhammedov: «Xitoyda g‘alabaga erishsak, ishonchim komilki, koreyslarni ham yengamiz»

Murod Xolmuhammedov: «Xitoyda g‘alabaga erishsak, ishonchim komilki, koreyslarni ham yengamiz»

Baho:
+ | -

Oliy liga-2017ning ortda qolgan birinchi davrasi haqida nima deyish mumkin? O‘yinlar juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi, kutilmagan natijalar qayd etildi.

Sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi taxmin qilingan klublarning ochko yo‘qotishi, aksincha, o‘rtamiyonalarning turnir jadvali yuqori qismida yurishi muxlislardagi qiziqishni yanada oshirdi. Buning natijasida stadionlarga sekin-asta tomoshabinlar qayta boshlashdi.

Mavsum kashfiyotlari qatoriga hech ikkilanishsiz «Qo‘qon-1912»ni ham qo‘shsa bo‘ladi. No‘’mon Hasanov qisqa fursatda raqobatbardosh jamoa shakllantira oldi. Qo‘qonlik futbolchilar birinchi davraning so‘nggi turida «Olmaliq» maydonida durang (0:0) qayd etishdi. Viktor Kumikov shogirdlarining bir necha turdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelayotganini inobatga olsak, bir ochko ham yomon natija emasligi oydinlashadi.

Biz «Qo‘qon-1912» yetakchilaridan biriga aylanib, tez orada milliy termadan chaqiruv olgan tajribali himoyachi Murod Xolmuhammedovdan intervyu oldik.

- Murod, ko‘z tegmasin, mavsumni jamoangiz singari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazyapsiz. Siz amalga oshirgan o‘ziga xos bu «kambek»ning siri nimada?

- Bariga murabbiy sababchi, deb o‘ylayman. Uning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi. Shundan boshqa hech qanday siri yo‘q.

- Avval o‘ynagan jamoalaringizda, xususan, «Paxtakor»da sizga murabbiylar tomonidan bunday ishonch bildirilmaganmidi?

- Qaysidir ma’noda imkoniyat berilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Paxtakor»da o‘zimni erkin his etolmaganman. «Qo‘qon-1912»da esa ana o‘sha erkinlikni his qilyapman.

- Demak, No‘’mon Hasanovning bu borada hissasi katta bo‘lgan, shundaymi?

- Ha, bu yilgi yutuqlarimda ushbu mutaxassisning ulushi beqiyos. Har holda mening shaxsiy fikrim shunday.

- No‘’mon Hasanov haqida nima deya olasiz? Mashg‘ulotlarni qanday tashkil qiladi?

- Juda ham mehnatkash murabbiy. No‘’mon aka jamoani o‘yinga yaxshi tayyorlay oladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, chunki o‘zi juda yaxshi futbolchi bo‘lgan.

Shu sabab, shogirdining nimani xohlashi, nimaga qodirligi, hammasini biladi. O‘tkazayotgan mashg‘ulotlari foydali va shu bilan birga qiziqarli.

- O‘yin oldidan futbolchilarni ruhlantirish maqsadida eng ko‘p aytadigan gaplari bormi?

- Biz raqib qanday kuchga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, qo‘rqmasligimiz kerakligini, kuchli ekanimizni uqtiradi. Ular ham bizga o‘xshagan inson ekanligi, xotirjamlik bilan to‘p surishimiz lozimligini aytadi.

- Murod, o‘rtada ma’lum muddat o‘yiningizda pasayish kuzatildi...

- Bu jarohat bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Sababi, orada jiddiy shikastlangandim. Bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida undan qutulolmay, to‘liq tiklanish qiyin kechdi. Balki shu tufayli o‘yinimda pasayish kuzatilgandir?! Ammo o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamadim.

Astoydil mehnat qilganning harakatlari zoye ketmas ekan. Albatta, hozirgi erishgan yutuqlarim bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Izlanishda davom etaman. Bundan ham yuqori natijalarga erishishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman.

- Termaga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Bosh jamoamiz libosida maydonga ham tushdingiz. Taassurotlar qanday?

- Milliy terma safida to‘p surish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Katta tanaffusdan so‘ng yana bosh jamoadan chaqiruv oldim. Astoydil mehnat qilinsa, murabbiylar nazari va e’tiboridan chetda qolinmas ekan.

Afsuski, muhim uchrashuvda Eron termasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. O‘yinimiz umuman qovushmadi. Darvoza tomon berilgan zarbalarimiz ham o‘xshamadi. Xullas, bizning kun emas ekan. Shunga qaramay, jahon chempionati final bosqichiga chiqish imkoniyatlarimiz saqlanib qoldi.

Baxtimizga qatarliklar o‘z maydonlarida asosiy raqibimiz - Janubiy Koreyani mag‘lub etishdi. Shu tariqa ikkinchi yo‘llanma uchun kurash qaytadan boshlandi. Endi hammasi o‘z qo‘limizda. Guruhning qolgan uchrashuvlarida g‘alaba qozonsak, mundial yo‘llanmasiga ega chiqamiz. Buning uchun birinchi galda Xitoyda g‘alaba qozonishimiz shart. Agar mazkur vazifani uddalasak, ishonchim komilki, koreyslarni ham yenga olamiz.

Toshkentda kechadigan bahs finalga aylanadi. Hozir buni hamma tushunib turibdi. Guruhdagi qolgan jamoalar ham juda kuchli. Osonlikcha ochko berishmaydi. Lekin astoydil harakat qilinsa, ikkita o‘yinda 6 ochko jamg‘ara olamiz. Bunday qiyin vaziyatda barchamiz birlashishimiz shart.

Muxlislardan termamiz futbolchilari va murabbiylarini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Ularning olqishlari hozir biz uchun har qachongidan ham muhim. Guruhning so‘nggi ikki uchrashuvida ruhiy tayyorgarlik birinchi o‘ringa chiqadi.

Qaysi jamoa ruhan kuchli bo‘lsa, o‘shaning ko‘chasida bayram bo‘ladi. O‘ylaymanki, poytaxtimizdagi uchrashuvda asosiy raqibimiz - Koreya termasini mag‘lub etib, xalqimizning ko‘p yillik orzusini ro‘yobga chiqaramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:57, 12.07.2017.
O'qildi: 8026 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.