Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Server Jeparov «Istiqlol»ga qaytdi

Server Jeparov «Istiqlol»ga qaytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Server Jeparov Tehronning "Istiqlol" klubiga qaytdi.

Xabiringiz bor, 35 yoshli futbolchi shu yilning yanvar oyida tehronliklar bilan 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkandi. Ammo FIFA tomonidan "Istiqlol"ga qo‘yilgan taqiq tufayli u yangi jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tkazilmagandi. Natijada tehronliklar uni Eronning boshqa jamoasi — "Sepohon"ga yarim yilga ijaraga berishgandi. Jeparov isfahonliklar safida 10ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qildi.

FIFAning taqiqi va ijara muddati yakuniga yetib, Server "Istiqlol" safiga qaytdi. Hamyurtimiz navbatdagi bir mavsumni Eron klubi safida o‘tkazadi. Jeparov "Istiqlol"ning Armanistonda bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga borib qo‘shiladi.

Server Jeparov yanvar oyida "Istiqlol" bilan imzolagan shartnomaga ko‘ra, futbolchimiz bir yarim yil davomida 500 ming dollar maosh olishi ko‘zda tutilgandi. Yarim himoyachimiz dastlabki yarim yilda 150 ming, kelasi mavsumda esa 350 ming dollar mablag‘ ishlab topishi shartnomada ko‘rsatilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:50, 13.07.2017.
O'qildi: 9198 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.