«Rostov» hujumchisi Serdar Azmun «Rubin» klubiga o‘tdi.
22 yoshli eronlik futbolchi qozonliklar qarorgohida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzoladi.
Azmun «Rubin» klubida 2012-2015 yillarda ham to‘p surgan va keyinchalik «Rostov» safini to‘ldirgan edi.