Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Navbahor» nazorat o‘yinida Birinchi liga vakilini yengdi

«Navbahor» nazorat o‘yinida Birinchi liga vakilini yengdi

Baho:
+ | -

“Navbahor” klubi Birinchi liga vakili “O‘z-Dong-Ju” bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda o‘tkazilgan o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar hujumkor ruhda to‘p surib, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Shunday bo‘lsada, hisobning ochilishini muxlislar yarim soat kutishga majbur bo‘lishdi. 31-daqiqad Mirzohid G‘ofurov tashkil etilgan kombinasiya gol bilan yakunlandi. G‘ofurov chamasi 17 metrlardan aniq zarba yo‘lladi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Ravshan Xursanov ikkinchi gol muallifiga aylandi. Xursanov Azizbek Turg‘unboyevning burchakdan uzatgan to‘pini boshi bilan darvozaga yo‘lladi – 2:0. Mehmonlar ham vaqti-vaqti bilan xavfli hujumlar uyushtirishga urinib ko‘rishgan bo‘lsada, Amanov qo‘riqlayotgan darvozaga jiddiy tarzda xavf sola bilishmadi.
Ikkinchi bo‘limda namanganliklar tarkibida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Birinchi davrani jarohat tufayli to‘liq o‘tkaza olmagan hujumchi Ro‘zimboy Ahmedov namanganliklar hujum chizig‘ini kuchaytirib, hisobni yirik ko‘rinish hosil qilishini ta’minladi. Ahmedov avvaliga Azizbek Turg‘unboyevning burchakdan uzatib bergan to‘pini boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 62-daqiqada esa yana Turg‘unboyevning to‘p oshirishini Ro‘zimboy golga aylantirdi. Bu safar Azizbek chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bergandi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida mehmonlar futbolchisi Xondamir Yo‘ldoshev hisobdagi farqni qisqartirdi. Bahs 4:1 hisobida yakun topdi.

Legionerlar Darko Stanoyevich va Nemanya Yovanovich o‘yindan oldin maxsus mashqlarni bajarishgani sababli, unda ishtirok etmadi. Maxsus mashg‘ulotda legionerdan tashqari yosh mezbonlar Isroil Obidjonov, Ahmad Mamadaliyev, Ilhom Aliboyev hamda jamoa safida ko‘rikda bo‘lib turgan Ayubxon Gapparov ham ishtirok etishganligini qo‘shimcha qilish joiz.

O‘rtoqlik o‘yini.
14 iyul. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 2317 tomoshabin.
“Navbahor” – “O‘zDongJu” – 4:1 (2:0).
Gollar: M.G‘ofurov (31), R.Xursanov (34), R.Ahmedov (53,62) – X.Yo‘ldoshev (87).
Hakamlar: A.Rajabbayev, M.Nexochin, R.Odilov, A.Jabbarov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 4. Doniyor Usmonov, 5. G‘iyos Komilov, 8. Ravshan Xursanov, 9. Dilshod Jabborov, 10. Abbos Maxsitaliyev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Murod Rajabov, 77. Azizbek Turg‘unboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1. Mirzohid Mamatxonov (46), 7. Oybek Qilichev (46), 11. Sardor Rasulov (64), 17. Ilhom Boydedayev (46), 20. Alisher Mirzayev (46), 22. Ro‘zimboy Ahmedov (46).
“O‘zDongJu”: 33. Ilyos Ismoilov, 25. Asror Rahmonov, 30. Aziz Qayumov, 5. Dilshod Yusufjonov, 2. Artur Mamatkazin, 10. Salohiddin Salohiddinov, 8. Suhrob No‘’monov, 9. Asilbek Azizov, 77. Ozod Komilov, 11. Siroj Yettiboyev, 19. Feruzbek Salohiddinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1. Soli Ubaydullayev, 27. Aziz Mahmudov, 14. Abdurahmono Komilov, 3. Ibrohim Mamadaliyev, 7. Shoyad Mullajonov, 15. Xondamir Yo‘ldoshev, 29. Ziyonat Ikromjonov, 4. Javohir Isomiddinov.
Ogohlantirishlar: I.Boydedev (69), A.Maxsitaliyev (71) - S.Ettiboyev (37).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:12, 14.07.2017.
O'qildi: 3519 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик