Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Eldor Shomurodov “Rostov”ga o‘tdi

Eldor Shomurodov “Rostov”ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov keyingi faoliyatini Rossiya premyer-ligasi vakili “Rostov” klubida davom ettiradi.

Birinchi davra oxirlarida “Bunyodkor” futbol klubiga Eldor Shomurodov transferi masalasida Rossiyaning “Rostov” klubidan taklif tushdi. Olib borilgan muzokaralardan so‘ng Eldor Shomurodov “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o‘tdi.

Aytish joizki, “Bunyodkor” futbol klubi o‘z tarkibidagi futbolchilarining biznikidan kuchliroq bo‘lgan xorij chempionatlariga yo‘l olishiga doimo ijobiy munosabatda bo‘lib keladi. O‘ylaymizki, Eldor Shomurodov Rossiya premyer-ligasida to‘p tepib, orttiradigan tajribasi va mahorati kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun foydali bo‘ladi. Shomurodov so‘nggi yillarda premyer-liga bahslarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishgan Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Vadin Afonin singari nom qozonib, Rossiya chempionatida munosib ishtirok etadi. Qayd etish kerakki, Eldor Shomurodov "Bunyodkor" FKdan Rossiya chempionatiga yo‘l olgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi bo‘ldi.

“Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi esa yangidan-yangi yulduzlarni kashf qilishda davom etadi. O‘ylaymizki, futbol maktabimizda tarbiya topayotgan yosh futbolchilar uchun Shomurodovning “Rostov”ga o‘tishi qo‘shimcha kuch bag‘ishlab, ularning o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashiga va kelajakda mohir futbolchi bo‘lib yetishishiga turtki bo‘ladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:18, 15.07.2017.
O'qildi: 17251 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик