Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Neftchi" nazorat bahsida Birinchi vakilini mag‘lub etdi

"Neftchi" nazorat bahsida Birinchi vakilini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

15 iyul kuni “Neftchi” Qirguli yig‘inidagi so‘nggi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv Farg‘ona viloyatining yana bir jamoasi “Yozyovon Lochinlari”ga qarshi o‘tkazildi. Bellashuvda Vadim Abramov jamoasi 4:2 hisobida zafar quchdi.

Aytish kerakki, o‘yin garchi o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lsa-da, uni kuzatish uchun ko‘plab muxlislar stadionga tashrif buyurishdi.

O‘yin g‘oyat qiziqarli kurashlarga boy o‘tdi. Vadim Karlenovich o‘z an’nasiga sodiq qolgan holda ikki xil tarkibni bir bo‘limdan maydonga tushirdi. Uchrashuv tezkor gollar bilan boshlandi. Dastlab Mo‘ydin Mamazulumov hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Baxtiyor Yoqubov hisobni yana bittaga oshirdi. Uchinchi to‘p xuddi “Norin” bilan uchrashuvda bo‘lgani singari avtogol sifatida kiritildi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar ketma-ket javob gollarini kiritishdi. Umuman olganda, taym bezagiga aylangan gollar o‘yinni yanada kulminasion nuqtasiga aylandi. Yozyovonliklar ikkinchi bo‘limda gol kiritish uchun ko‘plab qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi va ularning ikkitasini samarali yakunlashdi.

O‘tkazib yuborilgan to‘plar va o‘yin suratidan qoniqmagan “Neftchi” katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Markazda harakatlangan Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Karen Abramov hamda Abror Ismoilovlar o‘zlaring faolliklari bilan bahs tizgini o‘z qo‘llariga olishdi. Qanotlardan Temur Hakimov hamda Abdurahmon Abdulhaqovlar ham xavfli reydlarga amalga oshirishdi. Shuningdek tandem sifatida harakatlangan hujumchilar Alisher Shog‘ulomov va Otabek Haydarov juftligi ham shu kuni ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, bu safar gol urish ularga nasib qilmadi.

Hisob 3:2 ko‘rinishida davom etayotgan bir pallada ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Temur Hakimov “Neftchi”ning to‘rtinchi golini kiritdi va masalaga mantiqiy nuqta qo‘ydi. Yakuniy hisob 4:2, “Neftchi” nazorat bahsida g‘alabaga erishdi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 20:54, 15.07.2017.
O'qildi: 4556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик