Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston U-23 OCH saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-23 OCH saralashini g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al Ayn shahrida start olgan U-23 OCH saralash turnirini Livan ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi.

15 iyul kuni BAAning Al Ayn shahrida kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashi D guruhi uchrashuvlari start oldi. Dastlabki turning ilk uchrashuvida saralash mezboni BAA yoshlar terma jamoasi Nepalni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Turning ikkinchi uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Livanga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi taymidayoq Ravshan Haydarov jamoasi raqib darvozasiga uchta gol urdi. Dastlab, raqib himoyachisi Faysal Hamis o‘z darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, Bobur Abduholiqov Livan darvozasini yana ikki bor ishg‘ol etdi. Ikkinchi taymda Livan yoshlar terma jamoasi bitta javob to‘pini kiritdi va uchrashuv O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi ikkinchi turda 17 iyul kuni Nepal yoshlariga qarshi maydonga tushsa, Livan yoshlari BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralashi, "D" guruhi, 1-tur.
Al Ayn, BAA.
Tanhun bin Muhammad stadioni.
O‘zbekiston U-22 - Livan U-22 3:1
Gollar: Halil Hamis (20, avtogol), Bobur Abduholiqov (30, 39) - Hasan Hammud (58).
O‘zbekiston U-22: Dilshod Hamrayev, Islomjon Qobilov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Odil Hamrobekov (68, Abdujamol Isroilov), Javohir Siddiqov, Azizjon G‘aniyev, Bobur Abduholiqov (78, Doniyor Narzullayev), Jasur Yaxshiboyev (89, Xurshid G‘iyosov), Zabihillo O‘rinboyev.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:24, 16.07.2017.
O'qildi: 10054 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик