Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Yuventus»ni «parchalagan» final. Bonuchchi kiyinish xonasidagi haqiqatlarni oshkor etdi

«Yuventus»ni «parchalagan» final. Bonuchchi kiyinish xonasidagi haqiqatlarni oshkor etdi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning asosiy himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi Turinni tark etib, «Milan» safiga qo‘shilgach, himoyachi «Yuve» kiyinish xonasida bo‘lib o‘tgan mash-masha haqida gapirib berdi.

Chempionlar ligasining «Real»ga qarshi kechgan final o‘yinida futbolchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Tanaffus vaqtida Dani Alves jamoadoshi Paulo Dibaladan g‘azablangan va uni jon kuydirib o‘ynamayotganlikda, sariq kartochkadan so‘ng o‘yinni tashlab yuborganlikda ayblagan.

Bu vaqtda xonaga bosh murabbiy Massimiliano Allegri kirib kelib, Dibalani himoya qiladi va Alvesdan o‘zini bosib olishni so‘raydi. Leonardo Bonuchchi ham Alvesning fikriga qo‘shildi. Dibala esa kulimsirab, o‘zini e’tirozlarga bee’tibordek tutdi. Bonuchchi bu qiliqdan g‘azablanib, Dibalaning tomog‘idan oladi va uni burchak itarib yuboradi.

Shunda Andrea Barzali aralashib, Alves hamda Bonuchchiga tinchlanishi kerakligini aytadi. Bonuchchiga Dibala birinchi bo‘limda Marseloni bir necha marotaba o‘tkazib yuborgani yoqmagandi. O‘z navbatida Barzali ham jim turmadi va birinchi gol Bonuchchining xatosidan kelib chiqqanini uning yuziga soldi. Allegri bir amallab mushtlashuv oldini oldi.

«Bu jamoa bilan boshqa o‘ynamayman. Endi mensiz davom etadi». Bu Bonuchchining ikkinchi bo‘limga chiqish oldidagi fikrlari edi. «Yuventus» keyin hech narsa qila olmadi va «Real» raqib darvozasini bir necha marotaba ishg‘ol qilib, turnir g‘olibiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:40, 17.07.2017.
O'qildi: 19977 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.