Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Dinamo»ning Chimyondagi tayyorgarligi davom etmoqda, tarkibda o‘zgarishlar bor

«Dinamo»ning Chimyondagi tayyorgarligi davom etmoqda, tarkibda o‘zgarishlar bor

Baho:
+ | -

11 iyul kunidan Chimyon tog‘li hududida o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan «Dinamo» jamoasining ikkinchi davraga tayyorgarligi qizg‘in davom etmoqda.

Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida alohida ishlar olib borishmoqda. Birinchi davrani ijara asosida jamoamizda o‘tkazgan Abdujamol Isroilov («Neftchi»), Damir Nizanov («Neftchi»), Javohir Qahramonov («Bunyodkor») hozirda klub ixtiyorida emas.

Birinchi davrani «Surxon» klubi safida ijarada o‘tkazgan Jonibek Ko‘chimov yana «Dinamo» ixtiyoriga qaytarildi. Shuningdek, «Olmaliq»dan Muhammad Isayev, «Metallurg»dan Doniyor Ismoilov singari yosh yarimhimoyachilar kelib qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» 20 iyuldan Toshkentda nazorat bahslariga kirishadi. Dastlabki uchrashuv shu kuni «Navbahor» jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

«Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasida 31 iyul kuni «Bunyodkor»/«Neftchi» juftligi g‘olibiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazsa, 5 avgust kuni Oliy Liga 16-turi doirasida Samarqandda «Metallurg» jamoasini qabul qiladi.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:03, 17.07.2017.
O'qildi: 4010 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.