20-23 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston delegasiyasi qit’a chempionatida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
Yosh polvonlarimiz mazkur nufuzli musobaqaga so‘nggi bir necha hafta davomida tayyorgarlik olib bordilar. Aslida Tailanddagi Osiyo chempionati 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilishi kerak edi. Ammo, 2018-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati kelasi yili Argentina mezbonlik qiladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishini hisobga olib O‘zbekiston sport kurashlari Assosiasiyasi Bangkokdagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibga 2002 yili tug‘ilgan sportchilarni ham kiritdi.
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan bu strategiya bo‘lajak musobaqalar va eng muhimi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining lisenziyasiga ega bo‘lish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi deb ayta olamiz. Darvoqe, 2018-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligiga Toshkent va yana Bangkok shaharlari da’vogarlik qilishmoqda. Demak, kelasi yilgi qit’a chempionatida musobaqa ishtirokchilari sovrinli o‘rinlardan tashqari Olimpiya o‘yinlari lisenziyalari uchun ham kurash olib borishadi.
Biz esa yana ikki kundan so‘ng Bangkok safariga jo‘nab ketadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishtirib o‘tamiz.
Yunon-rum kurashi
1. Saidislom Teshaboyev
2. Eldor Karimov
3. Asilbek Ne’matov
4. Jahongir Hamrayev
5. Javohir Samatov
6. Dilshod Omangeldiyev
7. Abrorbek Mamirov
8. Abror Nurmuhamedov
9. Yergali Ayximbayev
10. Abdulaziz G‘ulomqodirov
Bosh murabbiy: Olim Qurbonov
Murabbiy: Vohidjon Temirov
Erkin kurash
1. Umid Jalolov
2. Arslan Rahimov
3. Jamshidbek Marufov
4. Amirbek Salimov
5. Feruz Yoqubov
6. Ixtiyor Normurodov
7. Zafar Rashidov
8. Jamshid Abdufattoxov
9. Muhammadrasul Rahimov
10. Javohir Yusupov
Bosh murabbiy: Latif Xalimov
Murabbiy: Rustam Mutalov
Ayollar kurashi
1. Go‘zal Jiyenbayeva
2. Ayzada Bekbo‘sinova
3. Ariuxan Jumabayeva
4. Muxlisa Normo‘minova
5. Umidaxon Maksetova
6. Gulnoza Jumabayeva
7. Ulday Uzakbayeva
8. Gulruh Sobirova
9. Shohida Ahmedova
10. Svetlana Oknazarova
Murabbiy: Ahmad Kagarmanov
Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamizni avgust oyida ham ikkita muhim musobaqa kutib turibdi. 1-6 avgust kunlari Finlyandiyaning Tampere shahri yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilsa, yilning eng nufuzli musobaqasi – kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 21-26 avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqalarda tabiiyki O‘zbekiston terma jamoasi polvonlari ham gilamga chiqishadi.