Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Hua Shan Cup: O‘zbekiston o‘smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o‘ynadi

Hua Shan Cup: O‘zbekiston o‘smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Xitoyning Veynan shahrida 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi so‘nggi turda Yaponiya U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Bobur Sobirov hisobni ochgan bo‘lsa, yaponiyaliklar o‘yin yakunlanishiga 50 soniya qolganida burchak zarbasidan amalga oshirilgan standartni golga aylantirdi.

Chexiya va Xitoy o‘rtasidagi bellashuvda 4:1 hisobi qayd etilib, Yevropa vakillari foydasiga hal topdi. Shunday qilib, Dilshod Nuraliyev jamoasi 3 ta o‘yinda jami 4 ochko to‘plagan holda turnirda 3-o‘rinni egalladi.  

Yaponiya va Chexiya o‘smirlar terma jamoasi mos ravishda 1–2 o‘rinlarni egalladi. Mezbon Xitoy esa birorta o‘yinda ochko ola bilmadi va musobaqani so‘nggi – 4 o‘rinda yakunladi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri O‘zbekiston o‘smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri
Xitoy, Veynan
19 iyul, dushanba

Yaponiya U-15 – O‘zbekiston U-15 — 1:1

Gollar: Bobur Sobirov (39) – Aoki Yusuke (90)

O‘zbekiston U-15: Mo‘minmirzo Qodirov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Hurshid Ubaydullayev, Jasurbek Abdulbekov, Jasurbek Jaloliddinov, Mironshox Sattorov, Doniyor Sobirov, Abdurauf Bo‘riyev, Igor Chirkizov (Temur Mamasiddiqov, 61), Murodbek Xo‘jamberdiyev (Mirjalol Qosimov, 61), Bobur Sobirov (Ruslan Ro‘ziyev, 82).

Yaponiya U-15: Jouns Rey, Tajima Mitsuki, Sako Maaya, Morita Rin, Aoki Yusuke, Tanaka Yoshixiro, Sumi Koshiro, Taniguchi Taisey, Naruoka Xikaru, Nakano Shinya, Nanami Kazusa.

Jamoalar

O‘

G‘

D

M

T/N

O

 1.

Yaponiya

3

2

1

0

8-1

7

2. 

Chexiya

3

2

0

1

7-5

6

3. 

O‘zbekiston

3

1

1

1

3-4

4

4. 

Xitoy

3

0

0

3

1-9

0

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 19:49, 17.07.2017.
O'qildi: 6277 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.