Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Eng qimmat fransuzlar o‘nligi

Eng qimmat fransuzlar o‘nligi

Baho:
+ | -

Aleksandr Lyakazett va Korentin Tolisso ortidan Temue Bakayoko ham eng qimmat fransuz futbolchilari o‘nligiga kirdi. France Football nashri eng qimmat fransuzlar o‘nligini tuzib chiqdi. Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan.

1. Pol Pogba (2015 yilda «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga – 105 million yevro + 5 million yevro qo‘shimcha bonus)
«Manchester Yunayted»dan tekinga ketgan futbolchi eng qimmat futbolchi (hozircha) sifatida qaytib keldi. 2009 yilda Angliyaga kelgan Pogba ikki yil o‘tib professional faoliyatini boshladi. Biroq, undan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi va 2012 yilda «Yuventus»ga ravona bo‘ldi. Italiyada esa Pogba barcha salohiyatini namoyish eta oldi va sobiq jamoasiga superyulduz maqomida qaytdi.

2. Zayniddin Zidan (2001 yilda «Yuventus»dan «Real Madrid»ga – 76,2 million yevro)
2001 yilda «Real» prezidenti Florentino Perez yulduzlardan tarkib topgan «galaktika» qurishni boshladi. Albatta uning fikr-u hayoli 1998 yilgi Jahon chempioni, 2000 yilgi Yevropa chempioni, «Oltin to‘p» sohibi, o‘sha davrda dunyoning eng mashhur yulduz o‘yinchisi bo‘lgan Zidanda edi. 10-raqam sohibini o‘z jamoasiga jalb qilish uchun kattagina mablag‘ni sarf qilishi lozim edi. Yakunda Zidan 76,2 million yevro evaziga «qirollik» klubiga olib kelindi. Uning transfer qiymati o‘z davridagi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirgan edi. Zizuning keyingi faoliyati esa barchaga ma’lum.

3. Antoni Marsial (2015 yilda «Monako»dan «Manchester Yunayted»ga – 49,2 million yevro + 30 million qo‘shimcha bonus)
«Monako»ning tezkor va sovuqqon hujumchisi «Manchester Yunayted»ga kelib qo‘shilganida endigina 19 yoshda edi. Uning transferi uchun Manchesterliklar qariyb 50 million yevroni (qo‘shimcha 30 million yevro, turli bonuslar bilan) to‘lab qo‘yishdi. Marsial esa o‘z debyutini ancha omadli o‘tkazdi. Terma jamoa safida 14 bora ishtirok etgan Marsial haliyam ajoyib iqtidorga ega ekanligini namoyish etmoqda.

4. Aleksandr Lyakazett (2017 yilda «Lion»dan «Arsenal»ga – 53 million yevro + 7 million qo‘shimcha bonus)
Ushbu o‘nlikda «Lion» tarbiyalanuvchilari ko‘pchilikni tashkil etadi. Aleksandr Lyakazett esa (shuningdek, Tolisso, Marsial, Benzema) shulardan dastlabkisi. Fransiyalik hujumchi yaqindagina Tumanli Albionga ko‘chib o‘tdi. «Atletiko Madrid» klubga qo‘yilgan ta’qiq evaziga uning transferini amalga oshira olmadi. Yakunda Lyakazett «Arsenal» taklifini qabul qildi.

5. Eliakim Mangala (2014 yilda «Portu»dan «Manchester Siti»ga – 53,8 million yevro)
Belgiyada futbol sirlarini o‘rgangan Mangala uch mavsum ichida «Portu»ning eng muhim markaziy himoyachisiga aylana oldi. Portugaliya klubi bilan ikki marotaba chempionatni yutib olgan fransuz u uchun qariyb 54 million yevro sarflagan «Manchester Siti»ga ravona bo‘ldi. Ikki yil o‘tib esa, himoyachi Gvardiolaning rejalaridan chetda qolib ketdi va «Valensiya»ga ijaraga berib yuborildi.

6. Korentin Tolisso (2017 yilda «Lion»dan «Bavariya»ga – 41,5 million yevro + 6 million yevro qo‘shimcha bonus)
O‘tgan yili «Napoli»ga o‘tishga juda yaqin kelgan Tolisso yakunda «Lion»da qolgan edi. Bu mavsumda jamoasida yangi qirralarini ochgan 22 yoshli Tolisso uni kuchli raqobat kutib turgan «Bavariya»ga o‘tishga qaror qildi. Hozirgacha myunxenliklarning eng qimmat transferiga aylangan Tolisso o‘ziga sarflangan pullarni oqlashi talab etiladi.

7. Temue Bakayoko (2017 yilda «Monako»dan «Chelsi»ga – 45 million yevro)
15 iyul kuni rasman «Chelsi»ga kelib qo‘shilgan Bakayoko barchaning diqqat-e’tiborini qaratgan edi. Londonliklar esa «Monako»ning iqtidorli vakili uchun anchagina yirik mablag‘ni to‘lab qo‘ydi. Bu esa yozgi transfer bozorida Bernardo Silvaning 50 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga transferidan so‘ng eng qimmat futbolchiga aylandi. Bakayoko «Chelsi»da boshqa bir vatandoshi Ngolo Kante bilan ajoyib juftlik hosil qilishi ham mumkin.

8. Lilian Tyuram (2001 yilda «Parma»dan «Yuventus»ga – 40,4 million yevro)
«Parma»da Tyuram Fabio Kannavaro bilan A Seriyaning eng mustahkam himoya chizig‘ini tashkil etgan edi. «Monako» tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Yuventus» o‘sha davrda himoyachilar uchun ancha qimmat bo‘lgan 40,4 million yevroni to‘lagan edi. Bu transfer «qora pantera» laqabi bilan mashhur bo‘lgan futbolchini eng qimmat himoyachi va fransuzga aylantirgan edi. Ammo, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, uning termadagi safdoshi Zizu uning rekordini yangilagan edi.

9. Jeffri Kondogbia (2015 yilda «Monako»dan «Inter»ga – 37 million yevro + 5 million yevro qo‘shimcha bonus)
Aslida Kondogbia «Milan»ga 35 million yevro evaziga ko‘chib o‘tishi kerak edi. Yakunda esa «Inter» yaxshilangan taklif bilan uning transferini amalga oshirdi. Ta’kdilash joiz, «Monako» safida yarim himoyachi ancha omadli bo‘lgan ikki mavsumni o‘tkazgan edi va Yevropaning nomdor jamoalarini o‘ziga qaratgan edi.

10. Karim Benzema (2009 yilda «Lion»dan «Real»ga – 35 million yevro)
Professional faoliyatidagi ilk matchini o‘tkazganida 18 ga ham to‘lmagan Zidan «Real» safiga qo‘shilganida 21 yoshda edi. Benzema darhaqiqat noyob iqtidor egasi. «Lion» safida 4 mavsum o‘tkazgan Benzema shuncha marotaba Fransiya chempionatini yutib oldi. «Real» safida esa hozircha 3 marta Chempionlar Ligasiga sohib chiqdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:01, 18.07.2017.
O'qildi: 9378 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.