Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche - Lasio
22/12 01:00 Barselona - Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol

Infantinoning 11 do‘sti haqida

Infantinoning 11 do‘sti haqida

Baho:
+ | -

«SSF» nashri FIFA prokurori Maykl Garsiyaning ma’ruzasini qunt bilan o‘qib chiqdi. Natijada surishtiruvda nomi tilga olingan FIFAning 11 nafar mutasaddici haqida so‘z yuritdi. Ularning ayrimlari ayni paytda futboldan chetlatilishgan. Ba’zilari esa tergov qilinishmoqda.

Yozef Blatter
FIFAning sobiq prezidenti.
Tashkilotni 1998-2015 yillarda boshqargan.
Nimadan gumon qilishgan? Dokladda Blatterga nisbatan aniq ayblovlar yo‘q. Shunchaki, oldin aniq bo‘lgan faktlar keltirilgan. U jahon chempionatlarini yangi mamlakatlarda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan, 2011 yili bo‘lib o‘tgan Rossiya-Qatar uchrashuvini bevosita stadionda kuzatgan. Bu esa o‘z kasbini suiste’mol qilishga o‘xshamaydi.
Hozir qayerda? Blatter keng qamrovli korrupsion mojarodan keyin 2015 yilning may oyida iste’foga chiqqan. O‘sha yilning dekabrida sobiq prezidentni futboldan 8 yilga chetlatishga qaror qilishgan.

Chun Mon Chjun
FIFAning faxriy vise-prezidenti
Nimadan gumon qilishgan? Koreyalik funsionerning asosiy gunohi 2010 yilning noyabrida Rossiyaga tashrif buyurganidir. Ushbu mamlakatda u Kremlni aylangan, Peterburg va Petergofga sayohat qilgan va Katta teatrga tashrif buyurgan. Albatta, barcha xarajatlarni mezbonlar o‘z zimmalariga olishgan. Maykl Garsiya bunda pora asoslarini topmagan.
Hozir qayerda? Chun Mon Chjun Janubiy Koreya futbol federasiyasi va FIFA vise-prezidenti lavozimlarini tark etgan. Ammo FIFAning faxriy vise-prezidenti bo‘lib qolgan. Garsiyaning dokladida Rossiyaga aloqador bo‘lmagan matn bor. Unga ko‘ra, Angliya «zayavka» qo‘mitasi shahzoda Uilyam va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron hamkorligida Chun Mon Chjun bilan «almashuv» borasida kelishib olmoqchi bo‘lishgan. Ya’ni, koreyaliklar JCH-2018 uchun Angliyaga, inglizlar esa JCH-2022 mezbonligi uchun Janubiy Koreyaga ovoz berishlari ko‘zda tutilgan.

Frans Bekkenbauer
Nimadan gumon qilishgan? Nemis futboli afsonasi uchun Garsiya dokladida alohida bo‘lim bor. Unda «Gazprom»ning Bekkenbauerga kompaniyaning elchisi lavozimini taklif qilgani haqida yozilgan. Albatta, buning uchun u Rossiya uchun ovoz berishi kerak bo‘lgan. Surishtiruvlardan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Kayzer «Gazprom» emas, balki Rossiyaning gaz jamiyati bilan reklama shartnomasini imzolagan ekan. Bu esa Rossiyaga jahon chempionati mezbonligini berishganidan so‘ng, ya’ni 2012 yilda yuz bergan.
Hozir qayerda? 2014 yilning iyunida FIFA Bekkenbauerni futbolga aloqador bo‘lgan har qanday sohadan 90 kunga chetlatgandi. Chunki u JCH-2018 va JCH-2022 mezbonlarini aniqlash borasidagi tergov ishlariga yordamlashishni istamagan. Ayni paytda esa «Bavariya»ning faxriy prezidenti JCH-2006 va JCH-2010 mezbonlarini aniqlashda firibgarlik qilganlikda ayblanmoqda va bu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Garold Meyn-Nikols
Nimadan gumon qilishgan? Meyn-Nikols va FIFA baholash komissiyasining boshqa a’zolariga Rossiyada mezbonlik qiladigan shaharlar haqidagi ma’lumotlar jamlangan iPad planshetlarini sovg‘a qilishgan. Garsiya bunda hech qanday aybni ko‘rmadi. Ammo kelajakda bunday sovg‘alarni olmaslikni tavsiya qildi.
Hozir qayerda? 2016 yilning yanvarida chililik qa­­rindoshlari uchun nimalarnidir talab qilgani tufayli 7 yilga futboldan chetlatilgan. Lekin bunga Rossiyaning aloqasi yo‘q. Bu voqea Qatarga bog‘liq.

Mishel D'Ug
Nimadan gumon qilishgan? Belgiyalik shifokor Vyacheslav Koloskovdan sovg‘aga kartina olgan. Britaniya matbuoti bu suratni Pikasso chizganligini ma’lum qilgandi. D~Ugning aytishicha, mazkur sovg‘ani do‘stidan olgan. Shuningdek, u nima berishayotganini bilmagan. Shu o‘rinda aytish joiz, ekspertiza kartinani noma’lum rassom chizgani va uning qimmat turmasligini aniqlagan.
Hozir qayerda? Oldingidek FIFA tibbiyot qo‘mitasini boshqarmoqda va tashkilot kengashi a’zosi.

Amos Adamu
Nimadan gumon qilishgan? Garsiya o‘z dokladida Rossiya Adamuga Afrikada qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan. Buning uchun u JCH-2018 mezbonini aniqlashda Rossiyaga ovoz berishi lozim bo‘lgan. Biroq bu isbotlanmagan.
Hozir qayerda? 2017 yilning yanvarida FIFA ijroqo‘mi a’zosi bo‘lgan nigeriyalik funksioner 3 yilga futboldan chetlatildi. Bu Adamu uchun ikkinchi diskvalifikasiya edi. 2010 yili uni pora olganlikda ayblab, 2 yilga chetlatishgandi.

Jek Uorner
Nimadan gumon qilishgan? KONKAKAFning sobiq prezidenti bo‘lgan Uorner 2010 yilning kuzida ijroqo‘mning boshqa olti nafar a’zosi bilan Rossiyaga tashrif buyurgandi. Maykl Garsiya bu tashrifdan hech qanday kriminal topa olmagan.
Hozir qayerda? Uorner FIFAning korrupsiya bo‘yicha hibsga olingan dastlabki mansabdor shaxslaridan biridir. 2015 yilning sentyabrida futboldan bir umrga chetlatilgan. O‘shanda u AQSHga ekstradisiya qilingan va hamon tergov qilinmoqda.

Muhammad bin Hammam
Nimadan gumon qilishgan? Qatarlik ham 2010 yilning kuzida Rossiyaga tashrif buyurgan FIFA delegasiya­si tarkibida bo‘lgan.
Hozir qayerda? OFKning sobiq prezidenti ikki marta bir umrga futboldan chetlatilgan. 2014 yili etika qo‘mitasining qarori borasida apellyasiya bergan. Ammo ikkinchi marta diskvalifikasiya olgan.

Xani Abo Rida
Nimadan gumon qilishgan? Albatta, bin Hammam va Uornerlar bilan Rossiyaga bepul sayohat qilgan.
Hozir qayerda? Korrupsiya ayblovlaridan «aylanib» o‘tgan. Ayni paytda ham FIFA ijroqo‘mi a’zosi.

Rafael Salgero
Nimadan gumon qilishgan? 2010 yilning kuzida u ham Rossiyaga tashrif burgan.
Hozir qayerda? FIFA etika qo‘mitasi gvatemalalikni 5 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblagan va futboldan chetlatgan. Ayni paytda uning ustidan tergov qilinmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:08, 20.07.2017.
O'qildi: 6346 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.