«Bavariya»ning sobiq himoyachisi Holger Badshtuber «Sevilya»ga o‘tishi mumkin.
Transfermarkt xabariga ko‘ra, Andaluziya klubi 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda.
Badshtuber iyun oyida erkin agentga aylangan edi. Agar u «Sevilya» bilan kelishuvga erishsa, uning tarkibiga bepul o‘tadi.