Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«MYU»ning sobiq yulduzi qashshoqlashib qoldi

«MYU»ning sobiq yulduzi qashshoqlashib qoldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yulduzi Duayt Yorkning moliyaviy ahvoli juda og‘irligi ma’lum bo‘ldi.

Sobiq hujumchining gapiga qaraganda, uning hisobida hozir 2 yevro qolgan. Iyul oyining boshida sud Dwight Yorke Promotions kompaniyasini to‘lovga qobil emas deb topdi. Endi sobiq futbolchi katta muammolardan qutulib qolishi uchun Chyeshir grafligidagi katta uyini sotishga majbur. York uni 2,26 mln yevroga baholamoqda.

Bu bilan Duaytning muammolari kamayib qolmaydi. 2017 yil boshida u AQSHga kirish uchun taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga tushib qoldi. Gap shundaki, u 2015 yilda Eronga tashrif buyurib, o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan edi. «Tramp qonuni»ga ko‘ra esa, bu mamlakat hududida bo‘lgan odamlarga AQSH darvozalari yopiq.

Eslatib o‘tamiz, Duayt York 1998 – 2002 yillarda «MYU» tarkibida o‘ynab, 152 o‘yinda 66ta gol urgan. So‘nggi ikki yil davomida u BeIN Sports TV kanalida ekspert bo‘lib ishlamoqda. Futbolchi faoliyati davomida Trinidad va Tobago terma jamoasi, «Aston Villa», «Blekbern», «Birmingem», «Sanderlend» klublarida o‘ynagan.

Manba: eurosport.ru
Kiritildi: 19:13, 20.07.2017.
O'qildi: 23976 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик