Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Vadim Abramov: «S.Arabistonidan 1 mln $ maosh taklif qilishgandi»

Vadim Abramov: «S.Arabistonidan 1 mln $ maosh taklif qilishgandi»

Baho:
+-1 | -

Vadim Abramov – bu mutaxassisni barcha yaxshi biladi. Uning muxlislari ham mamlakatimizda yetarlicha. Chunki aynan uning qo‘li ostida milliy terma jamoamiz o‘yinida qandaydir mazmun paydo bo‘lgandi. Abramov davrida uncha-muncha termalar O‘zbekistonda cho‘chib turishardi. Aynan shuning uchun ham Vadim Karlenovich termamizni boshqargan mutaxassislar orasida muxlislar tomonidan tanqid ostiga olinmagan so‘nggi yillardagi yagona murabbiy bo‘lib turibdi.

Hozirda Farg‘onaning «Neftchi» klubini boshqarayotgan murabbiy «futbol ekspress» muxbiri bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida terma jamoadi paytlarini eslab o‘tdi.

- Terma jamoada ish boshlagunimga qadar moddiy-texnik bazasi yaxshi ekanligidan xabardor qilishgandi. Ammo futbolchilarga deyarli maosh to‘lanmay qo‘yilgandi. Chunki hal qiluvchi uchrashuvlar ortda qolgandi. Muvaffaqiyatsizlikdan keyin tushkun kayfiyat ustun turardi.

G‘alabalar qo‘lga kiritilib, nufuzimiz orta boshlagach mukofot pullari orta boshladi. Mablag‘ni olishimiz emas, ishlab topishimiz kerak, degan aqidani ustun qo‘yardim. O‘FFga borib, bemalol, to‘lov qog‘ozlarini tekshirib tekshirib chiqishingiz mumkin. O‘zimga oyiga 1 million 200 ming so‘m miqdorida maosh to‘lashardi.

Osiyo kubogidagi munosib ishtirokdan so‘ng esa maoshimni ancha ko‘tarib qo‘yishgandi. Bu summa O‘zbekistonda zo‘r turmush kechirish uchun yetarli darajada edi.

Keyinchalik Saudiya Arabistonidan taklif bo‘ldi. Muzokaralar davomida yiliga 1 million dollor maosh berishlarini bildirishdi.

Ammo o‘ylab ham o‘tirmay, bu taklifni rad etdim – deydi Vadim Abramov suhbat davomida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:42, 21.07.2017.
O'qildi: 12326 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик