Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Lokomotiv” futbol maktabi qanday faoliyat olib bormoqda?

“Lokomotiv” futbol maktabi qanday faoliyat olib bormoqda?

Baho:
+ | -

2002 yilda tashkil etilgan “Lokomotiv” futbol klubi yildan-yilga o‘z infratuzilmasini yaxshilab boryapti.

Jamoa tuzilganiga endigina 15 yil to‘lgan bo‘lsa-da, “temiryo‘lchilar” sekin-astalik bilan har tomonlama professional klub barpo etish yo‘lidan bormoqda. O‘z navbatida klub erishayotgan yutuqlar ham borgan sayin salmoqli ko‘rinish olib borayotgani hech kimga sir emas. Misol uchun, o‘tgan mavsumda “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatning qo‘lga kiritilishida esa klubda amalga oshirilayotgan keng salmoqli ishlarning o‘rni beqiyosdir.

Jumladan, “Lokomotiv” futbol maktabi ham so‘nggi yillarga kelib anchagina samarali faoliyat olib borib kelmoqda. Klub qoshida 2006 yilda futbol maktabiga asos solingan bo‘lib, hozirga kelib ushbu maktab tarbiyalanuvchilari sekin-asta bosh jamoa tarkibida maydonga tusha boshlashdi. Misol uchun, Ikrom Aliboyev, Quvondiq Ro‘ziyev kabi futbolchilar allaqachon “Lokomotiv” jamoasi asosiy tarkibidan muqim joy egallab ulgurishgan bo‘lsa, Rustam Nortojiyev, Sergey Proxorov kabi yosh iste’dod egalari sekin-asta asosiy jamoa tarkibiga jalb etib kelinmoqda. Qolaversa, “Lokomotiv”ning o‘rinbosarlar tarkibida ham ko‘p sonli futbol maktabi tarbiyalanuvchilari o‘ynab kelishmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Lokomotiv” futbol maktabida ayni damda 1998 yildan 2010 yilga qadar muddat ichida tavallud topgan yosh futbolchilar “millionlar o‘yini” saboqlarini olishmoqda. Ularga 11 nafar malakali mutaxassislar ustozlik qilib kelishmoqda.

Har bir yosh toifasidagi jamoalar haftasiga 3 martadan mashg‘ulot o‘tashadi. Mashg‘ulotlar jarayoni zamonaviy uslublarni o‘z ichiga olgan holda, dunyoning yetakchi futbol maktablari andozasi asosida tashkil etiladi. Hafta so‘nggida esa har bir yosh toifasi Toshkent shahar birinchiligida o‘yinlarni o‘tkazadi. Shahar birinchiligida jamoalarimiz qayd etayotgan natijalar tahsinga loyiq.

Qolaversa, “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar har yili bir necha martadan xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, Erkin Saidov rahbarlik qilib keladigan futbol maktabimizning turli yosh toifasidagi jamoalari hozirga qadar Malayziya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Latviya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashga ulgurishdi. Misol uchun, Latviyada o‘tkazilgan “Liepaja Spring Cup” hamda “Dobrecova Cup” musobaqalarida 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz ketma-ket ikki yil kumush medallarga sazovor bo‘lishdi. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o‘tgan “1-st AFZA Grass Root League” turnirida ham 2002 yilda tug‘ilgan yosh “temiryo‘lchilar” g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytishdi. Shuningdek, Rossiyaning Barnaul, Novorossiyskiy kabi shaharlarida o‘tkazilgan turnirlarda ham 2004 va 2006 yilda tavallud topgan yosh futbolchilarimiz g‘oliblikka erishishganini qayd etish darkor.

“Lokomotiv” futbol maktabida tarbiya topayotgan yosh iste’dod egalari xorij mamlakatlarida tajriba hamda malaka oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Zero “Lokomotiv” Angliyaning “Flitvud Taun” klubi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik doirasida “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ingliz jamoasi safida mashg‘ulotlar olib borish imkoniga ega bo‘lib kelishmoqda. 2015 yilda Rustam Nortojiyev hamda Sergey Proxorov kabi yosh iqtidorlar “Flitvud Taun” safida shug‘ullanib, bir qator uchrashuvlarda maydonga ham tushishga muvaffaq bo‘lishgandi. Hozirda esa ushbu ikki yosh o‘yinchilar “Lokomotiv”ning asosiy tarkibiga jalb etilmoqda va ularga jamoamizning “ertangi kuni” sifatida qaralmoqda.

Bu futbolchilarga o‘xshab yuksak iqtidorga ega bo‘lgan yosh tarbiyalanuvchilarimiz soni juda ko‘p. Ular sekin-asta katta futbolga qadam qo‘yib kelishmoqda. Yoshlar tarkibimizda tajriba orttirayotgan bunday iste’dodlarning yaqin kelajakda “Lokomotiv”ning asosiy tarkibida maydonga tushishlariga hamda milliy terma jamoamizga nomzod futbolchilarga aylanishlariga ishonamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:22, 21.07.2017.
O'qildi: 3528 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.