Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Penchak silat sport turi ustalari yoshlar bilan uchrashdi

Penchak silat sport turi ustalari yoshlar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Penchak silat – Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan xalqlarning milliy  sport turi hisoblanadi.

Mazkur sport turining tarixi eramizning  VII asridan boshlangan. Yaqin-yaqingacha faqatgina Malayziya, Indoneziya hamda Filippin mamlakatlarida ko‘plab qiziquvchilariga ega bo‘lgan ushbu sport turi bugunga kelib butun dunyo bo‘ylab keng ommalashib bormoqda.

Penchak silat O‘zbekistonga XXI asrning ilk yillaridagina kirib kela boshladi. 2009 yilga kelib yurtimiz o‘z penchak silat federasiyasiga ega bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekiston Penchak Silat Federasiyasi Respublikamizning 7ta viloyatida o‘z bo‘linmalariga ega. Hozirda mazkur sport turi bilan muntazam tarzda shug‘ullanuvchilar soni yurtimizda 2000 dan ziyodn tashkil qilmoqda. Federasiya shug‘ullanuvchilar sonini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 21 iyul kuni poytaxtimizdagi 70 sonli o‘rta maktabda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqorolik jamiyatining boshqa institutlarini ko‘llab-quvvatlash Jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbir o‘zbekistonlik mashhur penchak silat ustalari bilan maktab o‘quvchilarining uchrashuvi ko‘rinishida o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan yana bir maqsad bugungi kunda yozgi ta’tilda bo‘lib turgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini tashkillashtirishdir. Uchrashuvda sportchilar va O‘zbekiston Penchak Silat Federasiyasi vakillari o‘quvchilarning savollariga javob qaytarishdi. Bundan tashqari, sportchilar o‘z chiqishlari orqali yoshlarni penchak silat sport turi bilan muntazam tarzda shug‘ullanishga chaqirdilar.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston Penchak Silat Federasiyasi ushbu sport turini yurtimiz yoshlari orasida ommalashtirish uchun bir qancha yirik loyihalarni rejalashtirgan. Ulardan biri, sentyabr oyining avvalida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnir bo‘ladi. Mazkur xalqaro musobaqaga taklif qilingan insonlar orasida Jan-Klod Van Damm va Fedor Yemelyanenko kabi dunyoga mashhur sportchi va aktyorlar borligini ko‘rish mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:59, 21.07.2017.
O'qildi: 5067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.