Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «MYU»ga yutqazdi

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «MYU»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Real" dastlabki o‘yinni o‘tkazdi. Zidan shogirdlariga Mourinyo boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" raqiblik qildi.

Madridliklar dastlabki daqiqalardan asosiy tarkib bilan harakatlangan bo‘lsalar-da, hisobni ochish mankunianliklarga nasib etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Jessi Lingard "Real" darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Zidan maydonga zaxira tarkibini tushirdi. Shunga qaramay, "Qirollik klubi" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Kazemiro penaltidan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. International Champions Cup reglamentiga ko‘ra, o‘yindan keyin penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Unda kamdan-kam hisob qayd etildi — 2:1. E’tiborlisi, o‘yinda penaltidan gol urgan Kazemiro so‘nggi zarbada adashdi — to‘p ustunga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

International Champions Cup
San-Fransisko, AQSH
Real Madrid Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 1:1 (0:1), penaltilar seriyasi - 1:2
24 iyul, 02.05, «Levi's Stadium»
Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, penalti Kazemiro.
Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Texero, 46), Karvaxal (Hakimiy, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (FoylasYE, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).
Manchester Yunayted – Romero (De Xea, 46), Djons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mxitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).
Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:08, 24.07.2017.
O'qildi: 25155 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик