Taniqli futbolchilarning faoliyatini tugatgandan keyin nima bilan shug‘ullanishi ko‘pchilikka qiziq, albatta. Futbol afsonalari esa yashil maydondan tashqarida ham o‘zlarini zeriktirib qo‘yishmaydi va doimo muxlislar e’tiborini yo‘qotmaslikka intilishadi. Biz bugungi sahifamizda so‘z yuritadigan sobiq futbol yulduzlari ham ishqibozlar e’tiborida qolishni xush ko‘radi. Boisi, ular futbol o‘ynash bilan birga filmlarda rol ijro etish borasida ham yetarlicha qobiliyatga ega ekanliklarini isbotlagan. Demak, diqqat markazimizda futbolchi-aktyorlar.
ZAYNIDDIN ZIDAN — «ASTERIKS OLIMPIADA O‘YINLARIDA»
O‘z vaqtida futbolchi sifatida juda yaxshi faoliyat olib borgan fransiyalik sobiq o‘yinchi Zayniddin Zidan ba’zan kinolarda ham o‘ynab turarkan. Xususan, u faoliyatini tugatgan davrida Asteriks va Obeliks qahramonlari ijrosidagi filmning uchinchi qismi suratga olingan. Mazkur kartinada Zidan kichik epizodik rolda namoyon bo‘lgandi. Agar filmni ko‘rgan bo‘lsangiz, misrliklar kostyumini kiygan bir qahramon to‘p bilan muomalada bo‘ladi va koptokni filmdagi oshiq yigitga bermaslik uchun boshqa bir insonga uzatadi. O‘sha obrazdagi inson Zidan edi. Qizig‘i, u koptokni uzatgan obrazni ham sportchi gavdalantirgan, ya’ni bu rolni basketbol yulduzi Toni Parker maromiga yetkazib o‘ynagan.
VINNI JONS — «QARTALAR, PULLAR, IKKITA STVOL» VA BOSHQALAR
Vinni Jons ismli yarim himoyachini bilsangiz kerak. U 1991/1992 yilgi mavsumda «Chelsi» safida to‘p surgan. To‘g‘ri, futboldagi faoliyati u qadar yaxshi kechmagan, ammo filmlarda ajoyib rollar yaratgan. Xususan, «Qartalar, pullar, ikkita stvol» filmida suratga tushganidan keyin unga takliflar ko‘paygan. Shundan keyin Jons televideniye va kinoda 80 dan ortiq rollar yaratdi.
ERIK KANTONA — «ERIKNI IZLASH»
Kantonaning kinodagi faoliyati Jonsniki kabi omadli kechgan. Agar britaniyaliklar bir xil tipdagi rollarni o‘ynashsa, fransuzlar ko‘proq jiddiy, dramatik ruhdagi obrazlarni ma’qul ko‘rishadi. Erik katta ekranlarga chiqa boshlaganida «Manchester Yunayted»da o‘ynar, hatto regbichi sifatida ham harakat qilgandi. Erikka asosiy muvaffaqiyatni «Erikni izlash» dramasi keltirdi. Mazkur film taqdimotida uning quyidagi gapi yangragandi: «Men inson emasman, men Erik Kantonaman».
NIKOLYA ANELKA — «MUKAMMAL UZATMA»
Nikolya Anelkaning kinodagi birdan-bir roli uning «PSJ»dan «Liverpul»ga o‘tish paytiga to‘g‘ri kelgan. Rol futbolchidan ko‘p narsa talab qilmasdi, Anelka ko‘chada qolgan futbolchi obrazini yaratib berishi kerak edi… Nikolya to‘pga kuchli zarba berish yordamida ta’qibchisidan qutuladi.
PAUL BRAYTNER — «LEYTENANT SLEYDNING XATOSI»
Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri, jahon va Yevropa chempioni, hatto Chempionlar kubogi sohibi Paul Braytner germaniyalik Dik Zapadning «Leytenant Sleydning xatosi» komediyasida ikkinchi darajali rolni gavdalantirgan. Sportdagi faoliyatini yakunlaganida esa Braytner «Afrikadagi o‘lim» jangari filmida suratga tushgan. Shuningdek, ko‘p bora teleseriallarda obrazlar yaratgan.
PELE — «G‘ALABA» VA BOSHQALAR
Futbol afsonasi Pele ham kinoda rol ijro etish borasida yaxshigina tajribaga ega. U «o‘alaba» nomli kartina orqali kino sohasida debyut qiladi. 1969 yilda esa ilmiy-fantastik serial — «Notanishlar», uch yil o‘tgach, «Harakatga keltirish» filmida bosh rolni gavdalantiradi. Keyinchalik futbol afsonasi yana ikkita obrazni — «Pedro Miko» nomli brazil dramasida firibgar va «Aniq zarba» kinokartinasida futbol murabbiysini yaratadi.
RONALDO — «GUL SOTUVCHI AYOL»