Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Alvaro Morata: «Endi «Real»ga qaytmayman»

Alvaro Morata: «Endi «Real»ga qaytmayman»

Baho:
+ | -

Nihoyat, «Real» «changali»dan qutulgan hujumchi Alvaro Morata Los-Anjeles - London aviareysi orqali «Chelsi» ixtiyoriga yo‘l olish arafasida AS nashriga qisqacha intervyu berib, «Qirollik klubi»dagi faoliyati va yangi jamoasi xususida fikr yuritdi.

Alohida ta’kidlash kerak, londonliklar Morata transferi uchun 80 mln. yevro sarflab, u bilan birdaniga 5 yillik shartnomani rasmiylashtirdilar. Ispan yigiti Londonda yiliga 9 mln. yevro miqdorida maosh oladi.

O‘z transferi xususida

- Joriy yoz fasli men uchun turli voqealarga boy, g‘ayritabiiy tarzda o‘tdi. Nima bo‘lganda ham, ertaga meni anchadan buyon o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgan klub ostonasiga qadam qo‘yaman, doimiy ravishda muloqot qilib turgan murabbiy bilan uchrashaman. Shu bois, g‘oyat baxtiyorman! Qanday voqealar yuz berishidan qat’iy nazar, bu yerda vaqtni behuda sarflamadim, astoydil shug‘ullandim. Maqsadim shu edi. Ha, «Real»dan ketish qayg‘uli, albatta. Lekin umid qilamanki, «Chelsi»da hammasi yaxshi bo‘ladi.

«Madrid» muxlislariga  murojaat

- «Qirollik klubi» sharafini himoya qilish ham maroqli, ham faxrli bo‘ldi. So‘z beraman, doimo «Madrid»ga tarafkashlik qilaman. Faqat «Chelsi»ga qarshi uchrashuvlar bundan mustasno.

Zidan bilan xayrlashuv

- Bosh murabbiyga yil davomida menga ko‘rsatgan hurmati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirdim. Shuningdek, keyingi ishida omad tiladim.

«Real»ga qaytish xususida

- Uchinchi marta-ya... Bu ancha murakkab masala. Har holda, hozir bunday fikrdan yiroqman.

Madridga ikkinchi tashrifi haqida

- Afsuslanish uchun biror-bir jiddiy sabab ko‘rmayapman: 4ta nufuzli sovrin sohibiga aylandim, axir.  Jumladan, CHLda ikkinchi marta g‘oliblik nashidasini surdim. Xullas, jamoadan baxtiyor holatda ketyapman. Chunonchi, «Qirollik klubi» libosini so‘nggi marta Sibeles maydonida kiygandim.

Jamoadoshlar bilan xayrlashuv

- Ular chin do‘stlarim va keyinchalik ham o‘rtadagi aloqalarni uzmayman. Jamoa ham, shahar ham o‘zgarishi mumkin, lekin do‘stligimiz emas.

Xotirjam tortishga asos yo‘q

- «Chelsi» bazasiga yetib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va taqdimot marosimida muxlislarga tanishtirilishimgacha o‘zimni xotirjam his qilolmayman. Shu yoz nechog‘li kutilmagan voqealar yuz berishi mumkinligiga shaxsan o‘zim yana bir karra amin bo‘ldim. Shu bois, hammasi o‘z o‘rniga tushguniga qadar sabr qilishim ma’qul.

Los-Anjeles safari taassurotlari

- Taqdirga nima bitilgan bo‘lsa, o‘shani ko‘ramiz. Xayriyatki, hammasi yaxshilik bilan intiho topdi. Hozir men uchun eng muhimi - Londonga sog‘-salomat yetib borish va yangi jamoam mashg‘ulotlariga kirishish.

Antonio Konte haqida

- Menga doimo ishonch bilan qaragan murabbiy rahbarligidagi jamoaga yo‘l olayotganimdan behad mamnunman. Bu har qanday futbolchi uchun juda muhim.

CHLda «Chelsi» va «Real» to‘qnashuvi xususida

- Aynan shunday bo‘lishidan umidvorman? Zero, bu holat har ikki jamoa nufuzli turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etganini anglatadi. Yo‘q, voqealar rivojidan ilgarilab ketmoqchi emasman. Chunki hozir bor e’tiborim faqat «Chelsi» bilan bog‘liq.

«Chelsi»ning ispaniyalik legionerlari haqida

- Albatta, Aspilikueta bilan ko‘p gaplashdim, shuningdek, Torresdan maslahat oldim. Ular har qanday masalada yordam berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

ANTONIO KONTE NIMA DEYDI?

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte ham Alvaro Morata transferiga to‘xtalib, uni klubning kelajak loyihasi sifatida ta’rifladi. Aytish joiz, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi aynan italiyalik mutaxassisning sa’y-harakatlari va qistovi tufayli «ko‘klar» safiga qo‘shildi.

Morata tanlovi haqida

- Menimcha, biz hujumchi tanlashda adashmadik. Birinchidan, Alvaro atigi 24 yoshda, shunga qaramay, tajribasi yetarli. Ikkinchidan, u «Yuventus» va «Real» safida CHL bahslarida o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan. Xullas, bosim nimaligini yaxshi biladi, unga qarshi turishga qodir.

Xaridlar bahosi haqida

- Transferlar bozoridagi narxlar? Bugunning talabi shunday ekan, uni qabul qilishdan boshqa chora yo‘q. Yaxshi o‘yinchiga ega bo‘lish uchun ko‘p sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Bunda faqat ijrochi tanlashda adashmasangiz, bas.

Asosiy hujumchi haqida

- Yashirib nima qildim, Morataga birinchi raqamli hujumchi sifatida qarayapman. Gap gol urishni uddalaydigan kuchli forvard haqida ketyapti. Uning ortida klub kelajagi bor. Ishonchim komil, Morata hali o‘zining eng yuqori saviyasiga chiqqani yo‘q. Xususan, ayrim jihatlar ustida alohida shug‘ullanishi talab etiladi. Bu borada unga yordam berishga tayyorman.

Diyego Kosta kelajagi haqida

- Diyego Kostaga kelsak, hammasi oddiy. Aslida jamoamdan ketadigan futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Faqat shuni ayta olamanki, Kosta ham, uning agenti ham yanvar oyidayoq mening rejalarimdan xabar topishgandi. Boz ustiga, bu borada klub rahbariyatini ham ogohlantirganman. Demak, ushbu masala men uchun yopiq...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:57, 26.07.2017.
O'qildi: 13895 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.