Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Eldor Shomurodov «Rostov» bilan shartnomaga «Bunyodkor»dan beruxsat imzo chekkan

Eldor Shomurodov «Rostov» bilan shartnomaga «Bunyodkor»dan beruxsat imzo chekkan

Baho:
+ | -

Faoliyatini Rossiyaning «Rostov» klubida davom ettirishga qaror qilib, 4 yillik shartnomaga imzo chekkan futbolchi Eldor Shomurodov, bu masalada avvalgi klubi «Bunyodkor»ni o‘z vaqtida xabardor qilmagani ma’lum bo‘ldi.

Bugun — 26 iyul kuni «Bunyodkor» yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi. Unda ishtirok etgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Shomurodov masalasi borasidagi savolga javob bergani haqida «Offsayd.uz» nashri ma’lum qildi.

«Lokomotiv»ga qarshi o‘yindan keyin futbolchilarga bir kunlik dam bergandik. O‘sha bir kunda Shomurodov «Rostov»ga borib shartnoma imzolab kelgan va bu haqda bizga aytmagan. Bu haqda Chimyondagi yig‘in vaqtida eshitib qoldim. Eldorning agenti esa «Nasaf» bilan o‘yin oldidan shartnomaga imzo chekilgani haqida aytdi.

Bizda Shomurodov bilan gaplashib olish niyati bor edi. Shu maqsadda klub bazasida ikki soat qolib ketdik va yakunda fikrimizdan qaytdik. Chunki oldinda bizni prinsipial o‘yin kutib turgandi.

Eldorning fikr-u xayoli ketish bo‘lib qolgandi. Yarim mavsum davomida faqatgina «Nasaf»ga qarshi bellashuvda o‘yini chiqdi. Bu uning uchun «Bunyodkor»dagi so‘nggi o‘yin ekanini ruhan bilib o‘ynagandi" - dedi Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi.

Keyinroq «Bunyodkor» bosh direktori Murod Aliyev ham shunga o‘xshash fikr bildirgan.

"Eldor Shomurodov biz bilan maslahatlashmay turib, «Rostov» bilan shartnoma imzolab ulgurgan ekan. Klub biz bilan aloqaga chiqqanida hammasi hal bo‘lib ulgurgandi" - dedi Murod Aliyev, «Bunyodkor» bosh direktori.

Eldor Shomurodov Oliy liganing 1-davrasidagi 15 ta o‘yinda faqatgina 1 ta gol urdi. O‘sha gol oxirgi o‘yinida «Nasaf» darvozasiga kiritildi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:42, 26.07.2017.
O'qildi: 10884 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.