Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“Navbahor” tarkibida yangi futbolchi mashg‘ulot boshladi

“Navbahor” tarkibida yangi futbolchi mashg‘ulot boshladi

Baho:
+ | -

"Navbahor" a’zolari bugun Namanganda to‘planib, mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Avval tarkibga “Bunyodkor”dan darvozabon Dilshod Hamroyevni kelib qo‘shilgan edi. Aynan shu sababli Toshkent yig‘inidagi mashg‘ulotlarda qatnashgan boshqa bir posbon Sarvar Karimov bu safargi yig‘inga jalb etilmadi.

Shuningdek, 2016 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqich qatnashchisi Oston O‘runov ham mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

2000 yilning 19 dekabr sanasida tug‘ilgan iqtidorli yarim himoyachi “Navbahor”ga “Paxtakor” klubidan jalb etildi. Yarim himoyachi o‘tgan yili Hindistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatidagi barcha to‘rtta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushganligini qo‘shimcha qilish joiz. Bundan tashqari yig‘inda Saidjon Abdujabborov (8.07.1992 yilga tug‘ilgan) ham qatnashadi. Ushbu futbolchi Toshkentdagi mashg‘ulotlar so‘nggida jamoa safiga qo‘shilgandi.

Jamoaning Namangandagi yig‘ini 30 iyulga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida futbolchilarimiz birinchi liga vakili “Yozyovon Lochinlari” jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Ushbu o‘yin 29 iyul kuni “Markaziy” o‘yingohda soat 19.00da bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz a’zolari 30 iyul sanasida Toshkentga yo‘l olishadi. Keyingi haftaning dastlabki kunida murabbiy va futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Shundan keyin ikkinchi davraning “Obod”ga qarshi o‘tadigan dastlabki uchrashuviga tayyorgarlikka kirishiladi.

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:18, 27.07.2017.
O'qildi: 4691 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик