«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» hujumchisi Alvaro Morata bilan shartnoma imzoladi.
Biroq, italiyalik mutaxassis Moratani emas, balki «Tottenhem» hujumchisi Harri Keynni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilganini aytdi.
«Keyn – jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri. U ko‘p qirrali futbolchi, kurashlarda juda faol, jismoniy holati juda yaxshi, to‘psiz ham ajoyib harakat qiladi.
Afsuski, uning transfer narxi juda qimmat – 100 million funt atrofida» — dedi Konte The Telegraph xabarida.