Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» - «Buxoro» (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» - «Buxoro» (prevyu)

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi joriy yilgi kubok bahslari chorakfinalida “Buxoro” klubi qarshilgini yengib o‘tishga urinib ko‘radi.

Bugun mazkur ikki jamoa chorakfinal javob o‘yinini o‘tkazadi. Yodingizda bo‘lsa, Buxoroda kechgan bellashuvda kuchlar teng kelgan edi – 0:0. Bugun esa yarimfinal yo‘llanmasi qaysi jamoaga nasib etishi oydinlashadi.

O‘zbekiston kubogi. 1/4 final.
«LOKOMOTIV» (TOSHKENT) – «BUXORO» (BUXORO)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Sapenko (Toshkent vil.), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv: 0:0.

Mazkur qarama-qarshilikni navoiylik hakam – Zokir Qodirov boshchiligidagi referilar guruhi boshqarib boradi.

FAKT: Tajribali referi – Zokir Qodirov joriy yilgi mavsum hisobidan ikkinchi bor “Lokomotiv” jamoasi o‘yinini boshqarmoqda. Navoiylik hakam bundan avval “Lokomotiv”ning Oliy Liga 14-tur o‘yinlari doirasidagi “Dinamo”ga qarshi kechgan o‘yinida ham ishlagan edi. O‘shanda jamoa samarqandliklar ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi.

O‘ZARO QARAMA-QARSHILIKLAR TARIXI:
Qayd etish joizki, “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari shu paytga qadar O‘zbekiston kubogi o‘yinlari doirasida faqat bir marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 2012 yilgi kubok bellashuvlari chorakfinalida yo‘llari kesishgan jamoalarning ilk qarama-qarshiligida “Buxoro” 2:0 hisobida g‘olib chiqqan. Javob o‘yinida esa “Lokomotiv” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Penaltilar bahsida esa omad buxoroliklarga kulib boqqan – 7-6.

“LOKOMOTIV” KUBOK O‘YINLARIDA QANDAY ODIMLAMOQDA?
O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” ushbu mavsumda kubok o‘yinlaridagi ishtirokini nimchorakfinaldan boshladi. “Temiryo‘lchilar” 1/8 finalda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi qarshiligini yengib o‘tishdi.

Dastlab Toshkentda o‘tgan bahsda “Loko” futbolchilari raqib darvozasini oz emas, ko‘p emas – javobsiz naqd 5 marta ishg‘ol etishdi. O‘sha bellashuvda Marat Bikmayev bir marta, Jaloliddin Masharipov hamda Diyor Turopov ikki martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishgandi.
Javob o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Toshkentliklar safida Murod Bobojonov muvaffaqiyat qozondi va chiroyli gol muallifiga aylandi.

1/4 finalda esa jamoa “Buxoro” jamoasiga ro‘baro‘ keldi. Buxoroda o‘tgan ilk uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda ko‘rinish oldi. Har ikki jamoa futbolchilari ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Biroq gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi va yarimfinal yo‘llanmasi taqdiri bugungi bellashuvga qoldi.

BILISH SHART: “Lokomotiv” – “Buxoro” juftligida g‘alaba qozonadigan jamoa kubok yarimfinalida “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur ikki jamoa ham bugun o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:21, 28.07.2017.
O'qildi: 4537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик