Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ulug‘bek Baqoyev: «Jismoniy jihatdan kuchimiz yetmadi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Jismoniy jihatdan kuchimiz yetmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichi doirasida "Lokomotiv" - "Buxoro" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev stadion.uz veb-saytiga o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, qo‘shimcha bo‘limlarda "temiryo‘lchilar" g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi (3:0).

"Jismoniy jihatdan 120 daqiqa o‘ynashga kuchimiz yetmadi. Shunga qaramay, yigitlarga jonbozlik va shijoat uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo‘shimcha bo‘limlarda bizga konsentrasiya yetishmadi. Shu bois, gollar o‘tkazib yubordik. "Lokomotiv"ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman.

Qarshi hujumda o‘ynashni ko‘zlab, ikki hujumchi bilan harakat qilishni rejalashtirgandik. Shu bois, Ivor Vayser zaxirada qoldirilgandi. Ammo Azamat Allaniyozov o‘yinga kirishib keta olmadi.

Ivan Nagayev birinchi bo‘limda vaziyatdan foydalana olganida, o‘yin boshqacha kechishi mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Kim gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Raqib esa gol urdi va g‘olib chiqdi.

Umuman olganda, o‘yin borasida futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Chempionatimiz peshqadamiga qarshi yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik va yaxshi taassurot qoldirdik, deb o‘ylayman", — dedi Ulug‘bek Baqoyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:55, 28.07.2017.
O'qildi: 5689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик