Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sprey ixtirochisi undan futbolda foydalanishni to‘xtatishni talab qildi

Sprey ixtirochisi undan futbolda foydalanishni to‘xtatishni talab qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Hakamlar tomonidan foydalaniladigan, yo‘qolib qoluvchi ko‘pik sepadigan sprey ixtirochisi undan futbolda foydalanishni to‘xtatishni talab qildi.

Braziliyalik tadbirkor Geyne Allemanye uni 2000 yilda ixtiro qilgan edi. Ayni paytda u o‘z ixtirosidan foydalangani uchun FIFA tashkilotidan 30 mln yevro talab qilmoqda.

GloboEsporte xabariga ko‘ra, FIFA uning barcha talablarini javobsiz qoldirgan. Natijada tadbirkor Xalqaro futbol uyushmalari kengashiga (IFAB) murojaat qilib, spreydan foydalanishni to‘xtatishni so‘ragan.

«FIFA menga javob bermayapti. Menda ixtiro uchun olingan patent bor, demak haqman. FIFA esa buni e’tiborsiz qoldirmoqda, o‘g‘irlik esa davom etmoqda. Men mashhurlikni izlayotganim yo‘q, uning ixtirochisi men ekanimni hamma biladi. Men FIFA tashkilotidan 30 mln yevroni tortib olmoqchi emasman, balki adolatni talab qilmoqdaman» - dedi AllemanYE.

Allemanye «Spuny» deb nomlangan spreyni 2000 yilda ixtiro qilgan. Birinchi marta bu yangilikdan 2001 yilda Braziliya chempionati va Joao Avelanj kubogida foydalanildi. Tadbirkor 2002 yilda o‘z ixtirosi uchun patent olgan.

2011 yilda sprey Amerika kubogida, terma jamoalar miqyosida ilk marotaba qo‘llandi. 2014 yilda esa birinchi marta Braziliyadagi jahon chempionatida ishlatildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:54, 29.07.2017.
O'qildi: 8694 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.