Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Qo‘qon-1912" nazorat o‘yinida "Sementchi" bilan durang o‘ynadi

"Qo‘qon-1912" nazorat o‘yinida "Sementchi" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida “Qo‘qon-1912” va Birinchi liga yetakchisi “Sementchi” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda mezbonlar aralash tarkib bilan harkat qilishdi. Aniqrog‘i, kechagi bahsda zaxirada qolgan o‘yinchilar navbati bilan maydonga tushishdi. Uchrashuv muxlislar kutganidek shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tdi.

O‘yinning 12-daqiqasida quvasoyliklar a’zosi Abdul Aziz Yusupov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinchi o‘tgan mavsumning birinchi qismini “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazgan. Shuningdek, bugungi uchrashuvda jamoaning yana bir sobiq a’zosi Ma’ruf Zokirjonov va Oybek Nurboyev ham quvasoyliklar safida maydonga tushishdi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida hisob tenglashdi. Oybek Rustamov o‘yin yakunlanishiga 15-daqiqa qolganida “Sementchi” darvozasini aniq nishonga oldi.
Bahsda shu hisobda yakuniga yetdi.

Nazorat uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Sementchi” – 1:1
Bosh hakam: Q. Sobirov.
Gollar: Oybek Rustamov 75 - Abdul Aziz Yusupov 12 
“Qo‘qon-1912”: I. Abdullayev, N. Otaqo‘ziyev, I. Rahimov, O. Rustamov, A. Mamatxo‘jayev, A. Rahmonov, M. Rahimov, I. Malikjonov, I.Oxunjonov, D. Meliqo‘ziyev, M. Sodikjonov.
“Sementchi”: F. Turdaliyev, M. Zokirjonov, R. Meliboyev, O. Nurboyev, O. Ahmadjonov, A. Rahimov, A. Yusupov, S. Ermamatov, J. Qobulov, SH. Abdurahimov, D. Mamatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:37, 29.07.2017.
O'qildi: 3114 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик