Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

O‘zbekistonda ingliz futbolchisi to‘p suradi

O‘zbekistonda ingliz futbolchisi to‘p suradi

Baho:
+ | -

Avstraliya chempionatining «Pyort Glori» jamoasi a’zosi Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.Uz sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli yarimhimoyachi Oliy liganing yetakchi klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Biroq saytda Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar berilmagan. Tribuna.Uz manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi katta ehtimol bilan Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tishi mumkin. Uning O‘zbekistondagi yillik maoshi kamida 600 ming dollarni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo‘lgan ushbu yarimhimoyachi faoliyatini «Blekbern Rovers» jamoasida boshlagan.

So‘ngra, Shotlandiyaning «Gretna», Angliyaning yana bir jamoasi  «Akkrington Stenli»,  Niderlandiyaning «Roda»,  Avstraliyaning «Adelaida Yunayted», «Sentral Kost Mariners», «Nort Kvinslend Furi» va «Pert Glori» jamoalarida to‘p surgan.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 20:16, 31.07.2017.
O'qildi: 18676 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.