Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ilkay Gyundogan: Mashhurlik, ota-onasi, “Manchester Siti” va pulning muhimligi haqida

Ilkay Gyundogan: Mashhurlik, ota-onasi, “Manchester Siti” va pulning muhimligi haqida

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Ilkay Gyundogan `Adidas` kompaniyasi vakillari bilan Moskvada tashkil etilgan `Tango League` turniriga tashrif buyurdi.

Bundan unumli foydalangan mahalliy jurnalistlar futbolchi bilan qiziqarli suhbat uyushtirishdi.

- Siz ko‘rgan oxirgi serial?

- “Fors-majorlar”. Shu serialni juda yaxshi ko‘raman. Barcha mavsumlarini ko‘rganman. Umuman olganda, seriallarga qiziqaman. Agar bitta seriyasi yoqib qolsa, boshqa seriyalarini ham qidirishga tushaman.

- Sizning sevimli ichimligingiz?

- Alkogol ichimliklarini juda kam ichaman. Chanqoqbosdi ichimliklardan fanta va kolaning aralashmasiga o‘xshash `Mezzo Mix`ni yoqtiraman.

- Siz tanishishni istagan mashhur inson kim?

- Denzel Vashington. Uning film­larini sevib tomosha qilaman.

- Mashhurlik asablarni tarang qiladimi?

- Bir tomondan bundan rohatlanaman. Yoningizga fanatlar kelib dastxat so‘rashsa - bu ajoyib. Boshqa tarafdan siz ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Chunki mashhurlarda ham boshqalar singari kayfiyati buzilib turadi.

- Har doim nimani o‘rganishni istagansiz?

- Pianino chalishni. Agar o‘rganib olsam ajoyib bo‘lardi.

- Oxirgi marta telefonga olgan suratingiz qaysi?

- Moskvaga kelayotganda samolyotda amakivachcham va fizioterapevtni suratga oldim. Moskvada esa hozircha rasm olmadim. Umuman olganda, sayohat qilishni yoqtiraman. Endi Braziliya, Kanada va Yangi Zelandiyaga borishni rejalashtirganman.

- Oxirgi marta nima sovg‘a qildingiz?

- Agar haqiqiy tuhfa haqida gapiradigan bo‘lsam, onamga tug‘ilgan kunlarida sumka sovg‘a qilgandim.

- Sizga berilgan eng yaxshi sov­g‘a?

- Umuman olganda, hadya olishni unchalik yoqtirmayman. Chunki o‘zimni noqulay his qilaman. O‘zim ishlab topaman. Mendan kam pul topayotgan insonlarning biror-bir sov­g‘a qilishlari g‘alati tuyuladi.

- Amalga oshirgan eng qimmat xaridingiz...

- O‘tgan yili Balikesirda yer sotib oldim. Bu Turkiyada, ota-onamning tug‘ilgan shahri. Qanchaga olganimni aytolmayman.

- Nimani cheksiz amalga oshirishingiz mumkin?

- Uyquni juda yaxshi ko‘raman. Bir sutka uxlashim mumkin.

- Oxirgi marta qaysi konsertga borgansiz?

- Bruno Mars Manchesterga tashrif buyurganida bordim. Bundan bir oy oldin Dreykning ham konsertiga tushgandim.

- Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?

- Messi.

- “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchsi kim?

- (10 soniya o‘ylab qoldi).

- Rosti, Agueroni aytasiz, deb o‘ylagandik.

- Aguero, albatta, yaxshi. Ammo FIFA ko‘rsatkichlari bo‘yicha Silva yoki De Bryuyneni aytgan bo‘lardim. Balki o‘zim ham yarim himoyachi ekanligim uchun shunday o‘ylagandirman.

- `FIFA` o‘yinini o‘ynaganingizda qaysi jamoani tanlaysiz?

- Odatda, biror-bir futbolchini tanlab olaman. Ammo hech qachon o‘zimni tanlamaganman.

- Ota-onangiz nima bilan shug‘ullanishadi?

- Bolaligimda onam oshpaz bo‘lganlar. Hozir ishsiz. Otam esa, odamlarni turli ishlarga yo‘naltiradigan nemis kompaniyasida ishlardi. Turkiya­da yashashadi. Otam qurilish kompaniyasida ishlayapti.

- Nima uchun ular Turkiyada yashashadi?

- Ota-onam hamisha Turkiyaga qaytishni orzu qilishardi. Ayni paytda ukam Germaniyada qiz dugonasi bilan yashayapti. Men esa Angliyaga ko‘chib keldim.

- Ertalab Iphone’ningizda ochadigan birinchi ilova?

- Budilnik. Keyin yana budilnik. Yana, yana. Uyqudan turishim uchun kamida besh marta chaladi. Yangi xabarlarni o‘qish uchun WhatsApp’ga kiraman. Kechqurun uyqudan oldin hamisha aviarejimni yoqib qo‘yaman.

- `Twitter` va `Instagram`ga suratlaringizni o‘zingiz joylaysizmi?

- Bu ishni bajaradigan kompaniya bilan hamkorlik qilaman. Lekin Twitter’dagi barcha postlar mening roziligim bilan amalga oshiriladi. Ba’zan ular, aytaylik, “Hozir Moskvadasan. Biror-bir surat jo‘nat. Joylab qo‘yamiz”, deyishadi. Ba’zan esa o‘zim aytgan narsani qo‘yishadi. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlar fanati emasman.

- Ko‘pchilikning fikricha, “Manchester Siti” muvaffaqiyatini sotib olgan, deydi. Bunga javobingiz qanday?

- Futbolda pulning muhim rol o‘ynashi tayin. Lekin “Manchester Siti”ning ham o‘z tarixi bor. Jamoa 1894 yili tashkil etilgan. Aytaylik, “Borussiya” undan keyin tashkil etilgan.

- Hozir qanday mashinada yuryapsiz?

- Shaxsiy avtomobilim yo‘q. Qarindoshim men bilan birga yashaydi. Qayerga borsam, u olib yuradi. Angliyaga ko‘chib o‘tishim bilan jarohat oldim. Natijada mashina minolmadim. Yaqin kunlarda salondan “Porsh” chiqadi. Uch-to‘rt oy oldin buyurtma bergandim.

- Gyundogan talqiniga ko‘ra, tarixdagi eng yaxshi film?

- Gladiator.

- Katta pul yaxshimi yoki shon-shuhratmi?

- Katta pul. Chunki mablag‘ bilan ko‘p narsani amalga oshirsa bo‘ladi.

- Mashhurligingiz qizlar bilan munosabatingizga xalaqit beradimi?

- Ha. Futbolda pulingiz borligi uchun munosabat o‘rnatish ko‘p uchraydi. Umuman olganda, bu odatiy hol.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 20:28, 31.07.2017.
O'qildi: 4143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.