Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

JFL futbol maktabida qizlar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi

JFL futbol maktabida qizlar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi

Baho:
+ | -

Jugend Fussball Leistungszentrum in Taschkent yurtimizda bolalar futboli bilan birgalikda qizlar futbolini ham rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

Shu munosabat bilan JFL va Germaniya elchixonasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra futbol maktabida qizlar guruhlari tashkil etiladi. Hozirda Germaniyadan ayol mutaxassis taklif etish borasida elchixona bilan muzokara o‘tkazilmoqda. Muzokara muvaffaqiyatli kechgan taqdirda nemis murabbiyi Toshkentda istiqomat qiladi va doimiy ravishda JFL'da faoliyat yuritadi.

Shu bilan birga germaniyalik mutaxassis ishtirokida yurtimizdagi mahalliy murabbiylar uchun seminarlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Qizlarning ruhiyati va fiziologiyasi boshqacha bo‘lib, ular bilan ishlash ancha bilim va ko‘nikma talab qiladi. Yurtimizda bunday malakaga ega mutaxassislar kam bo‘lgani bois, JFL murabbiylar tayyorlab borishni ham maqsad qilgan.

O‘g‘il bolalar murabbiylari esa JFL'ning Germaniyadagi bosh maktabi -  Jugend Fussball Leistungszentrum in Schlotheim bilan doimiy aloqada bo‘lib, tajriba almashib boradi. Mutaxassislarimiz Germaniyada malaka oshirib qaytishi ko‘zda tutilgan. Futbol maktabida ish tizimi to‘lig‘icha Germaniya andozalari asosida yuritiladi.

Farzandingiz futbol sir-asrorlari bilan birga ingliz va nemis tillarini o‘rganib borishi va ta’lim olishi malakali metodistlarning kuzatuvi ostida bo‘lishini istasangiz, JFL'ga murojaat qiling.

Telefon raqamlari: +99890 9999890, +998 95 1959890

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:53, 02.08.2017.
O'qildi: 2884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик