Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Har soxadan bir chimdim: SSKA eng o‘zgarmas klub...

Har soxadan bir chimdim: SSKA eng o‘zgarmas klub...

Baho:
+ | -

Futbol shunday ajib o‘yinki, uning borlig‘i turli-tuman ko‘rsatkichlar, antiqa rekordlar, qiziqarli faktlar, diqqatga sazovor natijalar, hayratlanarli tushunchalarga boy.

Misol uchun, Rossiyaning SSKA klubi butun Yevropada tarkib barqarorligi bo‘yicha 1-o‘rinda turar ekan. «Arsenal» esa joriy transferlar mavsumiga qadar 50 milliondan ko‘p mablag‘ talab qiladigan xaridlardan tiyilib turgandi.

Marhamat, quyida shunga o‘xshash e’tiborga molik ba’zi ko‘rsatkichlar va faktlar bilan tanishishingiz mumkin. 

TARKIB BO‘YICHA BARQARORLIK

SSKA va yana 9ta eng «o‘zgarmas» klub. Evropa futboli statistik tahlili bilan shug‘ullanuvchi CIES Football Observatory markazi tarkib bo‘yicha eng barqaror klublar reytingini e’lon qildi. Unda jamoalar asosiy tarkibidagi har bir futbolchining 2017 yil iyun holatiga ko‘ra, necha mavsum o‘ynagani hisobga olingan va o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilgan. Shunday hisob-kitobga ko‘ra, Moskvaning SSKA klubi tarkib masalasida eng barqarori ekan. E’tibor bering, jamoaning har bir futbolchisi o‘rtacha hisobda 6,28 mavsumdan buyon «harbiylar» sharafini himoya qilmoqda. «Barselona», «Real», «Bavariya» va «Yuventus» klublari ham bu borada maqtanishga haqli.

10. «YUVENTUS» (Italiya) — 3,96 mavsum

Rekordchi: Janluiji Buffon -16 mavsum

9. «REAL SOSYEDAD» (Ispaniya) — 4,16 mavsum

Rekordchi - Xabi Priyeto - 14 mavsum

8. «MATTERSBURG» (Avstriya) — 4,34 mavsum

Rekordchi: Nedelko Malich - 11 mavsum

7. «ATLETIK» (Ispaniya) - 4,36 mavsum

Rekordchi: Markel Susaeta - 10 mavsum

6. «BAVARIYA» (Germaniya) — 4,70 mavsum

Rekordchi: Frank Riberi - 10 mavsum

5. «REAL» (Ispaniya) — 4,86 mavsum

Rekordchi: Serxio Ramos - 12 mavsum

4. «SHAXTYOR» (Ukraina) — 4,90 mavsum

Rekordchi: Dario Srna - 14 mavsum

3. «BARSELONA» (Ispaniya) — 4,97 mavsum

Rekordchi: Andres Inyesta - 15 mavsum

2. «YYONCHEPING SEDRA» (SHvesiya) — 5,34 mavsum

Rekordchilar: Fredrik Fendrix, Tommi Telin va Tom Sive - 10 mavsumdan

1. SSKA (Rossiya)  — 6,28 mavsum

Rekordchi: Aleksey Berezuskiy - 16 mavsum

«ARSENAL»NING ENG QIMMATBAHO XARIDLARI

Aleksandr Lakazett kimlardan o‘zib ketdi? Bilasiz, londonlik «kanorirlar» joriy transferlar mavsumida xarid bobidagi rekordlarini yangilashdi. Ya’ni fransiyalik Aleksandr Lakazett uchun «Lionga naq 60 mln. yevro sanab berishdi. Arsen Venger bunga qadar hech kimga hattoki, 50 «limon» ham bergan emasdi.

1. Aleksandr Lakazett («Lion»dan, 2017 yil) - 60 mln. yevro

2. Mesut Ozil («Real»dan, 2013 yili) - 47 mln. yevro

3. Granit Jaka («Borussiya»dan 2016 yili) - 45 mln. yevro

4. Aleksis Sanches («Barselona»dan, 2014 yili) - 42,5 mln. yevro

5. Shkodran Mustafi («Valensiya»dan, 2016 yili) - 41 mln. yevro

BU IJARA HAQIMI?

10ta eng qimmatbaho ijara kelishuvi. «Bavariya» Xames Rodriges bilan tuzilgan 2 yillik ijara kelishuviga ko‘ra, «Real»ga 10 mln. yevro to‘laydi. Ammo bu ushbu yo‘nalishning rekord ko‘rsatkichi emas. Xo‘sh, yana kimlarning ijara shartnomasi bu qadar yuqori baholangan?

Zlatan IBRAGIMOVICH («Barselona»dan «Milan»ga, 2010 yil) - 6 mln. yevro

Joshua GILAVOGI («Atletiko»dan «Volfsburg»ga, 2014 yil) - 6,8 mln. yevro  (2 yil uchun)

Kingsli KOMAN («Yuventus»dan «Bavariya»ga, 2015 yil) - 7 mln. yevro (2 yil uchun)

Radamel FALKAO («Monako»dan «Chelsi»ga, 2015 yil) - 7 mln. yevro

Asamoa GYAN («Sanderlend»dan «Al-Ayn»ga, 2011 yil) - 7 mln. yevro

Radamel FALKAO («Monako»dan «MYU»ga, 2014 yil) - 7,6 mln. yevro

Frank KESSIYE («Atalanta»dan «Milan»ga, 2017 yil) - 8 mln. yevro 

Xames RODRIGES («Real»dan «Bavariya»ga, 2017 yil) - 10 mln. yevro (2 yil uchun)

Mattia DESTRO («Jenoa»dan «Roma»ga, 2012 yil) - 11,5 mln. yevro

Karlos TEVES («Vest Xem»dan «MYU»ga, 2007 yil) - 12,7 mln. yevro (2 yil uchun)

LUKAKU IKKINCHI, XOLOS

Joze Mourinyo faoliyatidagi eng qimmatbaho 10ta xarid. «MYU»ning yozgi 2ta xaridi Joze Mourinyo tomonidan amalga oshirilgan eng qimmatbaho xaridlar qatoriga qo‘shildi. Aytish joiz, portugaliyalik murabbiy roziligi bilan amalga oshirilgan 10ta eng sara transfer uchun umumiy hisobda deyarli yarim milliard yevro sarflangan.

10. Viktor LINDELYOF («Benfika»dan «MYU»ga, 2017 yil) - 35 mln. yevro

9. VILLIAN («Anji»dan «Chelsi»ga, 2013 yil) - 35,5 mln. yevro

6-8. Erik BAYI («Vilyarreal»dan «MYU»ga, 2016 yil) - 38 mln. yevro

6-8. Maykl ESSYEN («Lion»dan «Chelsi»ga, 2005 yil) - 38 mln. yevro

6-8. Diyego KOSTA («Atletiko»dan «Chelsi»ga, 2014 yil) - 38 mln. yevro

5. Didye DROGBA («Marsel»dan «Chelsi»ga, 2004 yil) - 38,5 mln. yevro

4. Genrix MXITARYAN («Borussiya»dan «MYU»ga) - 42 mln. yevro

3. Andrey SHEVCHENKO («Milan»dan «Chelsi»ga, 2006 yil) - 43,3 mln. yevro

2. Romelu LUKAKU («Everton»dan «MYU»ga, 2017 yil) - 84,7 mln. yevro

1. Pol Pogba («Yuventus»dan «MYU»ga, 2016 yil) - 105 mln. yevro

MEHNAT BIRJASI

Yangi klub qidirayotgan 5 nafar yulduz. Top-klublar Kilian Mbappe uchun aqlga sig‘mas darajada ko‘p pul sarflashga tayyor turgan bir paytda kechagina boylar o‘rtasida talash bo‘lgan ayrim faxriylar yangi qo‘nimgoh izlash bilan ovoralar. Bundaylarning elit ro‘yxatiga qarab, futbolda hammasi naqadar tez o‘zgarishidan yoqa ushlaysan beixtiyor...

1. Dimitar BERBATOV (36 yosh), oxirgi klubi: PAOK (Gresiya)

2. Antonio di NATALE (39 yosh), oxirgi klubi: «Udineze» (Italiya)

3. Robbi KIN (36 yosh), oxirgi klubi: «Los-Anjeles Geleksi» (AQSH)

4. Klaudio PISARRO (38 yosh), oxirgi klubi: «Verder» (Germaniya)

5. Viktor VALDES (35 yosh), oxirgi klubi: «Midl-sbro» (Angliya)

«REAL» - «BAVARIYA» - 3:3

«Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi transferlar. Xames Rodrigesning ijara kelishuvi  «Real»ga manfaat keltiradimi yoki «Bavariya»ga? Bu savolga vaqt o‘tishi bilan javob topsak, ajabmas. Hozircha esa, Madrid - Myunxen yoki aksincha yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan futbolchilarga e’tibor qaratib turamiz. Ular atigi 6 nafar (Xames ham qo‘shilgan).

1. Paul BRAYTNER («Bavariya»dan «Real»ga, 1974 yil) - 1, 5 mln. yevro

2. Aryen ROBBEN («Real»dan «Bavariya»ga, 2009 yil) - 24 mln. yevro

3. Hamit OLTINTOP («Bavariya»dan «Real»ga, 2011 yil) - bepul

4. Toni KROOS («Bavariya»dan «Real»ga, 2014 yil) - 30 mln. yevro

5. Xabi ALONSO («Real»dan «Bavariya»ga, 2014 yil) -  9 mln. yevro

6. Xames RODRIGES («Real»dan «Bavariya»ga, 2017 yil) - 10 mln. yevro (2 yillik ijara haqi)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 02.08.2017.
O'qildi: 2917 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.