Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Saloh «Liverpul» uchun boshqa o‘ynamaydi

Rasman: Saloh «Liverpul» uchun boshqa o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

Misr milliy terma jamoasi direktori Ibrohim Hassan hujumchi Muhammad Salohning jarohati borasidagi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, vinger joriy mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

«Futbolchining son orqa mushagi yirtilgan. Uning to‘liq tiklanishi uchun kamida to‘rt hafta vaqt talab etiladi», — deya Hassanning so‘zlarini keltirmoqda OAV.

Terma jamoa rasmiysining ta’kidlashicha, Saloh «Liverpul» safida boshqa o‘yin o‘tkazmaydi. U yozda jamoani tark etadi.

Biroq tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechsa, futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar safga qaytadi.

Kiritildi: 11:54, 27.04.2026.
O'qildi: 1952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик