Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. "Lokomotiv" - "Nasaf" (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. "Lokomotiv" - "Nasaf" (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” bugun joriy yilgi kubok bellashuvlari yarimfinal ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

“Temiryo‘lchilar” yarimfinalda Qarshining “Nasaf” jamoasi qarshiligini yengib o‘tishga urinishadi.

O‘zbekiston Kubogi–2017
1/2 final, dastlabki uchrashuv
2 avgust (chorshanba). «Lokomotiv» stadioni, soat 19.30
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
Bosh hakam: R. Ermatov (Toshkent)

Mazkur jamoalarning Toshkentda o‘tadigan ilk qarama-qarshiligini tajribali FIFA referisi – Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Qayd etish joizki, mazkur uchrashuvda sinovdan o‘tayotgan yangi tizim – darvoza chizig‘idagi hakamlar ham ishlaydi. Darvoza chizig‘ida bugun Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qilishadi.

O‘zbekistonning ikki grand jamoalari – “Lokomotiv” hamda “Nasaf” shu paytga qadar mamlakat kubogi bahslari doirasida 2 bor o‘zaro to‘qnash kelishgan. Dastlab, ushbu jamoalarning yo‘llari 2015 yilgi kubok o‘yinlarining yarim finalida kesishgan. O‘shanda ilk bahsda “Nasaf” 2:0 hisobida zafar quchgan. Javob bellashuvida esa “Lokomotiv” vakillari 1:0 hisobida g‘alabaga erishishgan. Shu tariqa, finalga Qarshi jamoasi yo‘l olgandi.

O‘tgan yili esa mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi – final bahsida o‘zaro bellashishgan. Samarqandda kechgan hamda 8150 nafar ishqiboz guvohligida o‘tgan matchda “Lokomotiv” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib o‘z tarixida ikkinchi marta billur sovringa ega chiqdi.

O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” ushbu mavsumda kubok o‘yinlaridagi ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. “Temiryo‘lchilar” 1/8 finalda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi qarshiligini yengib o‘tishdi.

Dastlab Toshkentda o‘tgan bahsda “Loko” futbolchilari raqib darvozasini oz emas, ko‘p emas – javobsiz naqd 5 marta ishg‘ol etishdi. O‘sha bellashuvda Marat Bikmayev bir marta, Jaloliddin Masharipov hamda Diyor Turopov ikki martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishgandi.

Javob o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Toshkentliklar safida Murod Bobojonov muvaffaqiyat qozondi va chiroyli gol muallifiga aylandi.

1/4 finalda esa jamoa “Buxoro” jamoasiga ro‘baro‘ keldi. Buxoroda o‘tgan ilk uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda ko‘rinish oldi. Har ikki jamoa futbolchilari ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Biroq gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi va 0:0 hisobi qayd etildi. Toshkentda o‘tgan javob o‘yinining asosiy vaqti ham 0:0 hisobida yakunlandi. Belgilangan qo‘shimcha bo‘limlarda esa “Lokomotiv” vakillari iroda namoyish eta olishdi hamda javobsiz 3 ta gol kiritib, yarimfinal yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:15, 02.08.2017.
O'qildi: 4403 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.