Futbolga taalluqli turfa mavzulardagi ma’lumotlar bilan tanishing.
KLUB REYTINGI
Madrid «gegemoniya»si. UYEFA klublari reytingini Madridning ikki klubi - «Real» va «Atletiko» boshqarib turibdi. Aytish joiz, unda oxirgi 5 mavsum natijalari e’tiborga olingan.
10. «BENFIKA» (Lissabon, Portugaliya) - 87,783 ball
9. «MANCHESTER SITI» (Manchester, Angliya) - 94, 363 ball
8. «BORUSSIYA» (Dortmund, Germaniya) - 95, 656 ball
7. «PSJ» (Parij, Fransiya) - 103, 249 ball
6. «SEVILYA» (Sevilya, Ispaniya) - 109, 799 ball
5. «YUVENTUS» (Turin, Italiya) - 119,049 ball
4. «BAVARIYA» (Myunxen, Germaniya) - 122, 656 ball
3. «BARSELONA» (Barselona, Ispaniya) - 128, 799 ball
2. «ATLETIKO» (Madrid, Ispaniya) - 133, 799 ball
1. «REAL» (Madrid, Ispaniya) - 151, 799 ball
E’TIBORDAN CHETDA QOLGAN MUVAFFAQIYAT
Oxirgi mavsumda ajoyib natijalarga erishgan 5ta kamtarin jamoa. Tushunarliki, ko‘pchilik asosan top-ligalarga qiziqadi va e’tiborini buyuk klublarga qaratadi. Ammo Yevropaning boshqa chempionatlarida diqqatga sazovor ko‘rsatkichlar qayd etgan kamtaringina jamoalar ham bor.
1. AYEK (Gresiya), CHL kvalifikasion raundiga chiqdi
Asosiy «figura»: Manolo Ximenes (bosh murabbiy)
2. «LYUNGBYU» (Daniya), mamlakat chempionatida bronza medalini yutdi
Asosiy «figura»: Yeppe Kyer (hujumchi)
3. «RIYEKA» (Xorvatiya), mamlakat chempioni bo‘ldi
Asosiy «figura»: Matyaj Kek (bosh murabbiy)
4. «SLAVIYA» (CHexiya), mamlakat chempioni bo‘ldi
Asosiy «figura»: Milan Shkoda (hujumchi)
5. «UTREXT» (Gollandiya), YEL yo‘llanmasini yutdi
Asosiy «figura»: Erik ten Xaag (bosh murabbiy)
DERBIDAN HAM BALAND
«El-klasiko» va uning «aka-ukalari». Futbol olamida shunday to‘qnashuvlar borki, ular keskinlik masalasida derbilardan ham yuqori turadi. Deylik, «Liverpul» uchun hamshahri - «Everton»ni yengishdan ko‘ra, «MYU»dan ustun kelish muhim sanaladi. Zayniddin Zidan esa «Marsel»ga hurmati tufayli «PSJ» boshqaruvini qo‘lga olmaydi. To‘g‘ri, bitta shahar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar gashti o‘zgacha: «Seltik» - «Reynjers», «Roma» - «Lasio», «Milan» - «Inter», «Fenerbaxche» - «Galatasaroy», «Srvena Zvezda» - «Partizan»... Ammo aksariyat chempionatlarda bunday derbilardan qolishmaydigan azaliy qarama-qarshiliklar mavjud.
10. «MARSEL» - «PSJ» - «Fransiya ligasi klassikasi»
9. «DINAMO» - «SHAXTYOR» - «Ukraina chempionati ma’nosi»
8. «SPARTAK» - «ZENIT» - «Rus ligasi bosh jangi»
7. «BENFIKA» - «PORTU» - «O klasiko»
6. «INTER» - «YUVENTUS» - «Xalqaro reklama»
5. «PANATINAIKOS» - «OLIMPIAKOS» - «Azaliy dushmanlar derbisi»
4. «AYAKS» - «FEYENOORD» - «Amsterdam Rotterdamga qarshi - «De Klassieker
3. «SHALKE» - «BORUSSIYA» D. - «Haqiqiy prinsipiallik»
2. «MANCHESTER YUNAYTED» - «LIVERPUL» - «Shafqatsizlik namunasi»
1. «REAL» - «BARSELONA» - «El-Klasiko»
QAHRAMON LIGA
Chempionshipdagi 5 nafar eng yorqin murabbiy. Chempionshipning yangi mavsumi Leonid Sluskiy uchun chinakam sinov davri bo‘lishi tayin. Zero, «Xall Siti» klubida ish boshlagan rossiyalik mutaxassisning Angliya futboli ikkinchi eshelonida sohada nom qozongan bir qator faxriylar va ancha istiqbolli yosh murabbiylar bilan birdek raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
1. Stiv BRYUS («Aston Villa»), 56 yosh
2. Xarri REDNAPP («Birmingem Siti»), 70 yosh
3. Yap STAM («Reding»), 44 yosh
4. Karlush KARVALYAL («Sheffild Uensdey»), 51 yosh
5. Geri ROUETT («Derbi Kaunti»), 43 yosh.