Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

“Obod” – “Navbahor”: prevyu

“Obod” – “Navbahor”: prevyu

Baho:
+ | -

Ikkinchi davraning dastlabki turida "Navbahor" Toshkentda “Obod” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Raqiblarning O‘zbekiston chempionatining oliy ligasidagi ilk o‘yiini 2016 yilgi mavsumga to‘g‘ri kelgan. 2016 yilning 30 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinda mezbonlar  2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan. Umumiy hisobda shu kunga qadar o‘zaro uchta o‘yin o‘tkazilgan. "Navbahor" hisobida ikkita g‘alaba mavjud. Toshkentliklar esa o‘tgan yili “Navbahor”dan ustun kelish orqali ilk g‘alabani tantana qilishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 4:5, “Obod” foydasiga.

Davralar oralig‘ida “Obod” jamoasi ikkinchi davradan o‘rin olgan o‘yinlarni o‘tkazmasligi mumkin degan xabarlar tarqalgandi. Garchi klub tarqatilgan bo‘lsada, bu borada rasmiy ma’lumot chiqmadi. Ikkinchi davra boshlanishiga sanoqli kunlar qolgandagina “Obod”ni chempionatni davom ettirishi ma’lum qilindi. Yangi homiyga ega bo‘lgan jamoani ikkinchi davraga qay tarzda tayyorgarlik ko‘rganligi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Bir qator asosiy futbolchilaridan ayrilgan jamoani tarkibini qay tarzda ko‘rinish olishini taxmin qilish ham mushkul. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra “Obod” “Bunyodkor” jamoasidan bir qator yosh futbolchilarni ijaraga olgan. Bundan tashqari jamoa safiga ukrainalik legionerlarni qo‘shilishi ham kutilgandi. Ular orasida 2016 yilgi mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan Vladislav Pavlenko ham bo‘lishi mumkin. Pavlenko birinchi davrani Muborakning “Mash’al” klubida o‘tkazgandi. Shuningdek, bugungi uchrashuvda “Obod” tarkibida birinchi davrada “Navbahor”da sharafini himoya qilgan Timur Tolipov ham maydonga tushishi mumkin.

“Obod” – “Navbahor” uchrashuvi Toshkentdagi TTYMI o‘yingohida soat 17.30da boshlanadi. O‘yinni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari quyidagicha:

2016 yil
“Navbahor” – “Obod” – 2:1 (2:1).
Gollar: A.Bahriddinov (27-pen.), D.Jabborov (32) – P.Solomin (44)

“Obod” – “Navbahor” – 3:0 (1:0).
Gollar: T.Hakimov (5), SH.Norxonov (69-pen.,89).

2017 yil
“Navbahor” – “Obod” – 2:1 (1:0).
Gollar: M.G‘ofurov (15), G‘.Komilov (50) – N.Haipov (90+1).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:39, 05.08.2017.
O'qildi: 3013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик