Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida “aqlli basseyn” qurilmoqda

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida “aqlli basseyn” qurilmoqda

Baho:
+ | -

Kecha, 3 avgust kuni Respublika Olimpiya zahiralari kollejida yosh chempionlar uchun ochilishi rejalashtirilayotgan “aqlli” basseyn loyihasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

“Beeline Uzbekistan” kompaniyasi Respublika Olimpiya zahiralari kollejini qo‘llab-quvvatladi va kollej hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi sog‘lomlashtirish-suv majmuasiga sarmoya kiritishini ma’lum qildi. Kompaniya mazkur loyiha ob’ektini 2018 yil bahor mavsumigacha topshirishni rejalashtirmoqda.

Respublika Olimpiya zahiralari kolleji rahbari Jasur Akramov “Braziliyada o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston sportida nechog‘lik muvaffaqiyat qozona olishini isbotladi. Boks, dzyudo, erkin kurash va og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoalarimiz mamlakatimizning ulkan salohiyatga ega ekanligini namoyish etdi. Ammo suzish bo‘yicha biz ortda qolyapmiz”, - dedi tadbirda.

Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, qurilma noyobligi bilan ajralib turadi. Chunki basseynning shunchaki suv konstruksiyasi bo‘libgina qolmay, o‘ziga xos o‘quv sinfi hamdir. Bu yerda leksiya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tilishi mumkin.

Loyiha uchun Ispaniya va Daniyadan zamonaviy maxsus jihozlar keltirildi. Start olish tumbalari, ajratuvchi tasmalar, flagshtoklar, zinapoyalar, va boshqa jihozlar FINA xalqaro federasiyasi zamonaviy talablariga to‘liq javob beradi.

Basseynda suvni kompleks tozalash va tahlil qilish “aqlli” tizimi mavjud. Basseyn isitish jihozlari bilan ta’minlanganligi sabab yil davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 10:45, 05.08.2017.
O'qildi: 3332 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.