Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Nasaf” yangi futbolchilarni tanishtirdi

“Nasaf” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” PFK davralar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Rasmiy tanishtiruv marosimi “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi. Anjumanda OAV vakillari, klub ishqibozlari ishtirok etdi.

Tanishtiruv marosimida dastlab klub bosh menedjeri SH.S.YArulin, yig‘ilganlarga shu paytgacha klubda bo‘lgan o‘zgarishlar, “Markaziy” stadionda bo‘layotgan yangiliklar haqida so‘zlab berdi. Klub rahbari shuningdek jamoadagi tranferlar to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev so‘zga chiqib, ikkinchi davraga tayyorgarliklar to‘g‘risida gapirib berdi. Jamoani tark etgan o‘yinchilar va yangi qo‘shilgan futbolchilar haqida ham so‘z bordi.

Marosimning rasmiy qismida tarkibga qo‘shilgan yangi futbolchilarga raqamlar aks etgan futbolkalar topshirildi.

Tajribali yarimhimoyachi Jasur Hasanov 77-raqamli futbolka, iqtidorli himoyachi Umarbek Eshmurodov esa 92-raqamli futbolkalar tantanali topshirildi.

Yangi futbolchilar haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Jasur Hasanov
Tug‘ilgan sanasi: 2 avgust 1983 yil (34 yosh)
Tug‘ilgan joyi: Jizzax shahri
Bo‘yi: 170 sm
Og‘irligi: 67 kg
Ampluasi: chap qanot yarimhimoyachisi
Raqami: 77
Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi
O‘ynagan klublari:
1999 – 2002 yillar – “So‘g‘diyona” klubi, Jizzax shahri
2003 – 2004 yillar – “Navbahor” klubi, Namangan shahri
2005 – 2006 yillar – “Mash’al” klubi, Muborak shahri
2007 – 2010 yillar – “Bunyodkor” klubi, Toshkent shahri
2010 – 2011 yillar – “Lahviya” klubi, Qatar
2011 – yil – “Qatar SK” klubi, Qatar
2012 yil – “Emireyts” klubi, BAA
2012 – 2013 yillar – “Bunyodkor” klubi, Toshkent shahri
2014 – 2016 yillar – “Lokomotiv” klubi, Toshkent shahri
2016 – 2017 yillar – “Qizilqum” klubi, Navoiy shahri
2017 yil, ikkinchi davradan – “Nasaf” klubi a’zosi
2007 – 2016 yillar – O‘zbekiston MTJ tarkibida – 47ta o‘yin.
Yutuqlari: Besh karra futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, Besh marta O‘zbekiston Kubogi sohibi, Bir marta futbol bo‘yicha Qatar chempioni.

Umarbek Eshmurodov
Tug‘ilgan sanasi: 30 noyabr 1992 yil (24 yosh)
Tug‘ilgan joyi: Koson tumani
Bo‘yi: 185 sm
Og‘irligi: 70 kg
Ampluasi: markaziy himoyachi
Raqami: 92
Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi
O‘ynagan klublari:
2012 – 2017 yillar – “Sho‘rtan” klubi, G‘uzor shahri
2017 yil, ikkinchi davradan – “Nasaf” klubi a’zosi

Marosimning rasmiy qismi nihoyasiga yetgach, ishtirokchilar bilan savol-javoblar va muloqot bo‘lib o‘tdi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:53, 05.08.2017.
O'qildi: 6558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.