Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Intriga qaytayotgan Oliy liga tanaffusdan chiqdi. Bugun 16-tur start oladi

Intriga qaytayotgan Oliy liga tanaffusdan chiqdi. Bugun 16-tur start oladi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida bugun — 5 avgust kuni 2-davra o‘yinlari rasman start oladi va 16-tur doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Sochilib ketish arafasida turgan Toshkentning «Obod» klubi ukrainalik investorlar yordamida yana katta futbolga qaytdi va yangilangan jamoa bugun Namanganning «Navbahor» klubini qabul qiladi. O‘zbekiston kubogining finaliga yaqin turgan «Dinamo» esa Bekobod jamoasini mehmon qiladi.

Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Igor Shkvirin, Ro‘ziqul Berdiyev, Viktor Kumikov kabi mutaxassislar boshqarayotgan klublar ertaga — dam olish kunida maydonga chiqib keladi. Chempionat karvonboshisi bo‘lib turgan «Lokomotiv» o‘yini dushanba kuni o‘tkaziladi.

PFL 2-davradan e’tiboran Oliy liga uchrashuvlarini onlayn translyasiya qiladi. 16-turning qaysi o‘yinlari internet orqali ko‘rsatilishi mumkinligini keltirilgan havola yordamida bilib olish mumkin.

O‘zbekiston Oliy ligasi
16-tur bellashuvlari
5 avgust, shanba

«Obod» — «Navbahor» - 17:30
«Dinamo» — «Metallurg» - 18:00

6 avgust, yakshanba
«Olmaliq» — «Buxoro» — 19:00
«Neftchi» — «Sho‘rtan» — 19:00
«So‘g‘diyona» — «Bunyodkor» — 19:00
«Qizilqum» — «Paxtakor» — 19:00
«Nasaf» — «Qo‘qon—1912» — 19:30

7 avgust, dushanba
«Lokomotiv» — «Mash’al» — 19:00

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:01, 05.08.2017.
O'qildi: 3867 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.