Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

JFL futbol maktabiga nemis hamkorlarning tashrifi Germaniya matbuotida yoritildi

JFL futbol maktabiga nemis hamkorlarning tashrifi Germaniya matbuotida yoritildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Toshkentda Jugend Fussball Leistungszentrum in Tashkent futbol maktabi ish boshlagan. Shu yilning may oyida Germaniyadagi hamkor - Jugend Fussball Leistungszentrum in Schlotheim murabbiylari va futbolchilari Toshkentga safar qildi va mahalliy sharoit bilan tanishib, yig‘in o‘tkazdi. Shahrimiz chiroyi, qulay ob-havo va ayniqsa sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

E’tiborli tomoni, germaniyalik hamkorlarning Toshkentga safari nemis matbuoti tomonidan ham yoritildi. Xususan "Thüringer Allgemeine" gazetasida safar taassurotlari haqida maqola chop etildi. Yosh futbolchilar Toshkentda o‘tkazilgan tadbirlardan xursand bo‘lishdi va shahrimizning diqqatga sazovor joylariga borishdi.



O‘zbekistonda o‘tkazilgan 7 kun davomida 4 ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi. Nemis murabbiylari tomonidan ushbu o‘yinlar davomida o‘zbekistonlik yoshlar orasida iqtidorlar ko‘pligi e’tirof etildi. Safar so‘ngida tajriba almashish va do‘stona aloqalarni yana-da yaxshilash uchun bunday yig‘inlarni har yili o‘tkazishga kelishib olindi. Unga ko‘ra nemis hamkorlar Toshkentda yig‘in o‘tkazgani singari, bizning murabbiy va futbolchilar ham Germaniyaga safar qiladi.

Ushbu kelishuvning eng diqqatga sazovor tomoni murabbiylar saviyasi va futbolchilar malakasini oshirish alohida band sifatida kiritilgan. Joriy yilning oktyabr oyida nemis murabbiylari Toshkentga tashrif buyuradi va ikki hafta davomida Jugend Fussball Leistungszentrum in Tashkent uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Dekabr oyida ikki nafar murabbiyimiz Germaniyaga safar qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jugend Fussball Leistungszentrum in Tashkent maktabiga qabul davom etmoqda. Futbol maktabiga 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Shuningdek qizlar uchun ham alohida guruhlar tashqil etiladi. Mashg‘ulotlar 1 oktyabrdan boshlanadi va tarbiyalanuvchilar futbol sir-asrorlari bilan birga ingliz va nemis tillarini o‘rganib boradi. Shuningdek suvda suzish mashqlari ham o‘tkaziladi. Maktabdan berilgan dars esa metodistlar nazorati ostida tayyorlanadi.

Telefonlar: +99890 9999890, +998 95 1959890

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:55, 05.08.2017.
O'qildi: 3217 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик