Oliy Liga ikkinchi davrasi boshlanishidan oldin barcha klublarimiz o‘z tarkiblarida o‘zgarishlarga qo‘l urishdi. Xususan, bir qator klublarimiz o‘z saflarini kuchaytirish maqsadida muhim transferlarni amalga oshirishdi. Voqealar rivojini kuzatib borgan «Erudit Sport» o‘z odatiga ko‘ra, davralar oralig‘ida ro‘y bergan eng shov-shuvli 10 transfer ro‘yxatini tuzdi.
1. TIAGO BAZERRA
Sobiq klubi: «Adana Demirspor»
Yangi klubi: «Paxtakor»
Kutilganidek, Oliy Liga davralar oralig‘idagi transferlar oynasida eng faol klub «Paxtakor» bo‘ldi. Toshkent jamoasining yangi rahbariyat va yangi murabbiylar shtabi maqsadga yarasha futbolchilarni taklif etishdi. Ular orasidan braziliyalik yarimhimoyachi Tiago Bazerra ancha tajribali sanaladi. 30 yoshli «dispecher»ning transfer bahosi bejizga 400 ming yevroga baholanmagan. Aynan ushbu xarid «Paxtakor» uchun eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Zero, Arveladze ham aynan uning atrofida jamoa o‘yinini tashkil etmoqchi.
2. JASUR HASANOV
Sobiq klubi: «Qizilqum»
Yangi klubi: «Nasaf»
Ro‘ziqul Berdiyev Jasur Hasanov misolida «Nasaf»ga chempionlik ruhini bera oladigan futbolchini taklif etdi. Tajribali yarimhimoyachi qanot bo‘ylab hujumlarga katta urg‘u beradigan «Nasaf» jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Hasanovning tajribasi Qarshi klubiga kubok va Oliy Ligadagi yuksak maqsadlar uchun xizmat qilishi muqarar.
3. ELDOR SUYUNOV
Sobiq klubi: «Nasaf»
Yangi klubi: «Paxtakor»
O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov Qashqadaryoni tark etib, Toshkent sari yuzlandi. Iqtidorli posbon «Paxtakor»da Lobanov bilan jiddiy raqobat qilishi aniq. Bo‘ydor darvozabon misolida «Sherlar» darvoza chizig‘ini mustahkamlashdi
4. SHERZOD A’ZAMOV
Sobiq klubi: «Nasaf»
Yangi klubi: «Paxtakor»
Oliy Liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri Sherzod A’zamov ham Suyunov ortidan «Paxtakor»ga o‘tdi. Aynan ushbu futbolchi yangi «Paxtakor»ning himoya qo‘rg‘oni yetakchisiga aylanishi kutilmoqda. A’zamov va Suyunov eng avvalo, aynan chempionlik maqsadida poytaxt klubiga o‘tishgani sir emas
5. MARKO SIMICH
Sobiq klubi: «Rostov»
Yangi klubi: «Paxtakor»
O‘tgan mavsumda Qurbon Berdiyev boshqaruvidagi «Rostov»da 7 o‘yinda maydonga tushgan chernogoriyalik Marko Simich Shota Arveladzening taklifiga binoan, O‘zbekistonga keldi. Serbiyada tug‘ilgan 30 yoshli himoyachi o‘z o‘yini bilan Toshkent jamoasi himoya chizig‘ini jiddiy kuchaytirishi shubhasiz. Marko vatandoshi Adnan Oraxovasning o‘rnini egallaydi.
6. ADNAN ORAXOVAS