«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches jamoani tark etishning oddiy yo‘lini topdi.
Mirror xabariga ko‘ra, futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida nihoyasiga yetadi va u erkin agentga aylanadi. Shundan so‘ng, Aleksis Sanches jamoani tark etib, istalgan klubga bepul o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayni paytda u bilan «Manchester Siti» va PSJ klublari qiziqmoqda.