Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbolchi ishlab chiqaruvchi «zavod» - «Benfika» qanday ishlamoqda?

Futbolchi ishlab chiqaruvchi «zavod» - «Benfika» qanday ishlamoqda?

Baho:
+ | -

PORTUGALIYA GRANDI FUTBOLCHILAR TRANSFERIDAN QANCHA TOPDI?

Ko‘p, juda ko‘p. Sir emas, Portugaliya primerosi vakillari iqtidorli futbolchilarni izlab topish va ularni mukammal darajada tayyorlab, Yevropaning grand jamoalariga pullash hadisini puxta o‘zlashtirishgan.

Bu borada ayniqsa, «Benfika» alohida o‘rin tutadi. Ochig‘i, Lissabon jamoasining oxirgi 7 oyda transferlar bozorida qanday ishlaganini ko‘rib, shunchaki, yoqa ushlash mumkin.

Qarang, «Benfika» bu davrda 6 nafar futbolchisini sotish orqali 150 mln. yevrodan ko‘proq topdi.

2017 YIL - QISH

Gonsalu GUEDESH. Xaridor: «PSJ». Summa: 30 mln. yevro

Fransuzlar vaqtida «Benfika»dan Krishtianu Ronalduni xarid qilishga urinishgan, biroq maqsadlariga erisholmagandilar. Mana, ular qishda portugal futboli bosh yulduzining o‘rinsobari sifatida ta’riflangan Guedeshni o‘z saflariga qo‘shib olishdi. «Benfika»ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi qishki transferlar davridagi eng qimmatbaho o‘yinchilar qatoriga kirganini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Elder KOSHTA. Xaridor: «Vulverxempton». Summa: 15 mln. yevro

Angliyaning kamtarin klubi Koshtani aslida ijara kelishuvi asosida taklif qilgandi. Yarim himoyachi qisqa fursatda jamoa rahbarlariga shu qadar yoqib qoldiki, ular «Vulverxempton» tarixidagi rekord transferga qo‘l urishni paysalga solishmadi. Chunonchi, Elder 25ta o‘yin-da 7ta gol urishdan tashqari, yana 5tasiga assistentlik qilgandi. To‘g‘ri, «Benfika» o‘z mijoziga yanada himmatliroq xaridor topishi ham mumkin edi, biroq futbolchining o‘zi «bo‘rilar» safida qolishni ixtiyor etdi, shekilli.

2017 YIL - YOZ

EDERSON. Xaridor: «Manchester Siti». Summa: 40 mln. yevro

«Siti» ushbu kiperni bir yildan ko‘p vaqt davomida kuzatdi va u «Benfika» libosidagi oxirgi o‘yini chog‘i faoliyatini qayerda davom ettirishini yaxshi bilardi. Lekin Edersonga Angliyada oson bo‘lmasligi tayin. Axir hamma futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabonga alohida e’tibor qaratadi va bu holat qo‘shimcha bosim yuklaydi, albatta. 

Viktor LINDELYOF. Xaridor: «MYU». Summa: 35 mln. yevro

«Benfika»ning Manchesterga yo‘l olgan yana bir vakili va undan ham katta mo‘’jizalar kutishyapti. Bitta farqli tomoni - Viktor Manchesterning «qizil» tomonida karomat ko‘rsatishi kerak. Ushbu markaziy himoyachini hozirdan Nemanya Vidich bilan taqqoslashyapti va uning Joze Mou-rinyo jamoasi orqa chizig‘ida barchasini nazorat ostiga olishidan umidvorlar. Lissabonliklar esa 5 yil oldin atigi 3 mln. yevroga xarid qilingan shved transferidan qancha foyda qolganini hisoblash bilan ovoralar.

Nelson SEMEDU. Xaridor: «Barselona». Summa: 30,5 mln. yevro

Alohida aytish kerak, bu yakuniy narx emas. Himoyachining «Barselona»dagi har 50ta o‘yini uchun «Benfika» yana 5 mln. yevrodan olaveradi. Eng diqqatga sazovor tomoni, Samedu Lissabonda yuqori darajada atigi bitta to‘liq mavsum o‘tkazishga ulgurgandi. Ha, bu chinakam biznes!

MARSAL. Xaridor: «Lion». Summa: 4,5 mln. yevro

Yana bir aqlga sig‘mas fakt: ushbu himoyachi «Benfika»ning loaqal 1ta rasmiy o‘yinida maydonga tushmagan. Ya’ni ijara kelishuvlari bo‘yicha boshqa klublarda tajriba oshirgan. Bu holat lissabonliklarning uni top-chempionat klubiga yaxshigina summada sotishlariga xalaqit bergani yo‘q.

Demak, «Benfika» 2017 yil badaliga amalga oshirgan shu 6ta tranfser ortidan jami 155 million yevro olgan. Boshqacha aytganda, har bir futbolchini o‘rtacha hisobda 25 «limon»dan ko‘proqqa sotgan. Vaholanki, ulardan hech biriga loaqal 10 million ham sarflagan emasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 01:09, 08.08.2017.
O'qildi: 5227 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.