Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Paxtakor» 10 avgust kuni avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

«Paxtakor» 10 avgust kuni avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 10 avgust kuni avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffis bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kuni klub rahbariyati va yangi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi. Qayd etish joiz, asli Angliyada tug‘ilganiga qaramay, Avstraliya fuqarosi hisoblangan Griffis «Paxtakor»da osiyolik legioner limitini to‘ldiradi.

Futbolchi allaqachon Toshkentga yetib kelgan. Rostin Griffis faoliyatini O‘zbekiston Oliy Ligasida davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar avvalroq Avstraliya nashrlari tomonidan tarqatilgan, biroq unda asli angliyalik futbolchi qaysi klubga ko‘chib o‘tayotganiga aniqlik kiritilmagan edi.

29 yoshli futbolchi «Paxtakor»ga o‘tguniga qadar Avstraliyaning «Pert Glori» jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘zbekiston klubiga o‘tish maqsadida Griffis «Glori» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan.

Rostin Griffis 1988 yilning 10 mart kuni Angliyada tavallud topgan. Tayanch yarim himoyada to‘p suradigan futbolchi Angliyaning «Blekbern» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 3 yil davomida shu klub safida o‘ynagan, biroq Premyer-Ligada to‘p surish nasib qilmagan. Keyinroq «Gretna» (SHotlandiya), «Akkrington Stenli» (Angliya), «Adelaida Yunayted», «Nort Kuinsland Fyuri», «Sentral Kost Mariners» (barchasi — Avstraliya), «Guanchjou RF» (Xitoy), «Roda» (Gollandiya) kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:29, 08.08.2017.
O'qildi: 7664 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик