Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Kayl Uoker - dunyoning eng qimmat o‘yinchilaridan biri

Kayl Uoker - dunyoning eng qimmat o‘yinchilaridan biri

Baho:
+ | -

Shu paytgacha braziliyalik David Luiz futbol tarixidagi eng qimmatbaho himoyachi sanalardi. Endi esa serhimmat «Manchester Siti» sharofati bilan Kayl Uoker va Benjamin Mendi navbati bilan narx bobida undan o‘zib ketishdi.

Aslida Uokerga «Bavariya» ham jiddiy xaridor edi, ammo «shaharliklar» «pul to‘la qoplari»ni ishga solib, uni o‘z tomonlariga osongina og‘dirib olishdi.

Kayl anchadan buyon APL va yevrofutbolning eng istiqbolli himoyachilaridan biri sifatida ta’riflanmoqda. Shunga qaramay, OAVda bu yigit to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emas.

Shuni nazardan qochirmay, qimmatbaho himoyachiga alohida to‘xtalib, eng diqqatga sazovor faktlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

Dani Alvesh dastxati «ovchi»si

Kayl Uoker bundan 4,5 yil avval ingliz matbuotiga bergan intervyusida David Luiz vositasida Dani Alveshdan dastxat olgani haqida hikoya qilgandi: «Luizni bir necha marta Sandro bilan birga ko‘rdim. Shuni nazarda tutib, Luizga murojaat qilib, Sandro orqali Dani Alveshdan dastxat olib berishini so‘radim. Qolaversa, ular tez orada Braziliya termasi yig‘inida o‘zaro ko‘rishardilar.

Luiz iltimosimni rad etmadi va sanoqli kunlardan keyin Dani o‘z dastxati tushirilgan libosini berib yubordi. Bundan g‘oyat quvondim va «Tvitter» orqali minnatdorchilik bildirib, Alveshning a’lo darajada o‘ynashini yozdim». O‘shanda Kayl braziliyalik ampluadoshi bilan ko‘rishib qolsa, «shok» holatiga tushishi, ammo suhbatlashishga baribir, jazm etishini qo‘shimcha qilgandi.

Krossovkalar ishqibozi

2015 yili esa Kayl krossovkalarning chinakam ixlosmandi ekanligini ta’kidladi. Uning uchun eng sevimli - bu «Ayrmaks». «Hisobimda necha juft krossovka bor? Chamasi 300tacha yig‘ilgan bo‘lsa kerak.

«Tottenxem»­da yana kim krossovkalar «jinni»si? Kiran TrippYE. U doimo poyabzaliga alohida e’tibor qaratadi. So‘nggi paytlar esa safimizga Denni Rouz ham qo‘shildi»,-degandi Uoker.

Bolalikdan Rouz bilan birga...

Bugun Kayl Uoker va Denni Rouzni Yevropadagi eng salohiyatli qanot himoyachilari qatorida tilga olishadi. E’tiborlisi, ular futboldagi yo‘lni bir paytda boshlab, barcha o‘nqir-cho‘nqirlarni hamnafas bosib o‘tishdi.

Deylik, o‘smirlik chog‘i «Lids» va «Sheffild Yunayted» akademiyalari jamoalarida bir-birlariga qarshi o‘ynashgan paytdayoq o‘rtalarida do‘stlik rishtasi ildiz otgandi.

Rouz bu borada shunday deydi: «Ochig‘i, Kayl menga qarshi o‘ynaganlar orasida jussasi eng kichigi va nozigi edi. O‘sha vaqt uning bu darajada gavdali va baquvvat himoyachi bo‘lib voyaga yetishi xususida o‘ylamagandim ham».

Rouz 17 yoshida «Tottenxem» safiga qo‘shildi, Uoker esa oradan yana 2 yil o‘tganidan keyin. Ularning otalari tribunada yonma-yon o‘tirgancha o‘g‘illarining bitta klub safida to‘p surishlarini tomosha qilishardi.

Kayl va Denni ham safar o‘yinlari chog‘i doimo yonma-yon joy olishardi. Ikkisi OAVda bir-birini rosa maqtaydiki, bu ham qalin do‘st ekanliklaridan dalolat.

«Rouzga qarshi to‘p surish juda mushkul, bir soniya tinchlik bermaydi, xuddiki, seni qamal qilganga o‘xshaydi»,-deydi Uoker. Rouz bunga javoban munosib iltifot ko‘rsatadi: «Kaylning o‘ziga bu haqda kam gapiraman-u, ammo u mendan kuchli.

To‘g‘risi, do‘stimning o‘yinlar davomida qanday sprint yugurishlarni amalga oshirishi va to‘pni havolatib aniq yetkazib berishiga boqib, uningdek harakatlanishni orzu qilaman». Endi bu yigitlar yana bir-birlariga qarshi o‘ynashadi. Tayinki, bo‘lajak «duel» bolalik chog‘idagi qarama-qarshilikdan keskin farqlanadi.

Kayfiyatni ko‘tarish uchun qo‘shimcha vosita

Yosh himoyachi JCH-2014 saralashi doirasida Ukraina termasiga qarshi kechgan bahs oldidan  kayfiyatni sun’iy ravishda oshiruvchi gazdan nafas olayotganida, «qo‘l»ga tushdi. Operatorlar bu holatni qayta-qayta tasvirga olishdi.

Matbuotda terma jamoaning asosiy himoyachisi muhim o‘yinga qanday tayyorlanayotgani xususida istehzoli maqolalar chop etilganidan so‘ng esa, Uoker «Tvitter» orqali kechirim so‘rashga shoshildi: «Ushbu voqeaga avvalroq izoh bermaganim uchun uzr so‘rayman. Bor diqqat-e’tiborim ukrainlarga qarshi uchrashuvga qaratilgan vaqtda qandaydir gazdan foydalanganim - ahmoqona ish.

Bunga qayta qo‘l urishni sira xohlamayman, boisi, salomatligimga nechog‘li zarar keltirishidan xabardorman. Sun’iy gazdan foydalanishni xohlayotganlar mening ahvolimni ko‘rib, tegishli xulosa chiqaradilar, deb umid qilaman».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 09.08.2017.
O'qildi: 5820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.