Argentina kubogidan o‘rin olgan “Rasing” - “Atletiko Mitre” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Gap shundaki, o‘yin o‘tkaziladigan stadion atrofiga yig‘ilgan muxlislar otishma sodir qilgan. Muxlislar keltirib chiqargan mayda bezorilik va tartibsizlik oqibatida bir kishi jarohatlangan. Hozirda uning ahvoli o‘rtacha holatda bo‘lib turibdi.
Mahalliy polisiya stadion atrofidagi xavfsizlik choralarini qaytadan ko‘rib chiqmoqda.
Argentina futbol federasiyasi o‘yin muddati qachon va qaysi stadionda o‘tkazilishini keyinchalik ma’lum qiladi.