Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Oliy liga. “Buxoro” - “Nasaf” (prevyu)

Oliy liga. “Buxoro” - “Nasaf” (prevyu)

Baho:
+ | -

“Nasaf” Oliy liga 17-turida “Buxoro” bilan kuch sinashadi.

O‘yin 12 avgust, shanba kuni “Buxoro” sport majmusida soat 19:00da boshlanadi.

O‘zPFL 17-tur
“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi)
12.08.2017. “Buxoro” SM. 19:00da
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.)
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Marat Ismoliov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Arif Alimov.

o‘yin hakami haqida ma’lumot: Valentin Kovalenko joriy chempionatda "Nasaf" ishtirokidagi bitta o‘yinni boshqargan. Unda "Nasaf" mag‘lubiyatga uchragan. O‘zPFL 14-tur. “Paxtakor” – “Nasaf” 2:1. o‘yin 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan.

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 39 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning 21 tasida "Nasaf"ning qo‘li baland kelgan. 9 o‘yinda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 9 o‘yinda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.
To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 69-38. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan.

Mazkur jamoalar Buxoroda 19 marta o‘zaro kuch sinashgan “Buxoro” o‘z uyida 9 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta o‘yinda murosa ko‘chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi 4 bahsda “Nasaf” safardan uch ochko bilan qaytmoqda. Qiziqarli tomoni keyingi o‘tgan 3 o‘yinda "Nasaf" bir xil 2:0 hisobida “Buxoro”ni mag‘lub etgan. Ya’ni, buxoroliklar “Nasaf” darvozasiga yo‘l topa olishmagan.

Buxoroda o‘tgan so‘nggi besh o‘yin:

24.04.2016 «Buxoro» - «Nasaf» 0:2
12.04.2015 «Buxoro» - «Nasaf» 0:2
15.08.2014 «Buxoro» - «Nasaf» 0:2
29.10.2013 «Buxoro» - «Nasaf» 1:5
26.06.2012 «Buxoro» - «Nasaf» 1:0

“Nasaf” joriy chempionatda 16 o‘yindan so‘ng 29 ochkoga ega va turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda. “Buxoro” jamoasi ham 16 o‘yin o‘tkazgan va 24 ochko to‘plagan. Ular ayni paytda turnir jadvalining 6-pog‘onasini band etib turishibdi. "Nasaf" o‘tgan tur o‘yinini o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Safarda “Olmaliq” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi, 1:1 hisobida durangga erishgan.

O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchi Aleksandr Beynarovich ishg‘ol etgan. Ushbu o‘yin 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo‘lib o‘tgan va "Nasaf" raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda "Nasaf" safida to‘p tepgan. So‘nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol urgan hujumchimiz Dragan Cheran bo‘lib turibdi. U o‘tgan davradaning 2-turida bo‘lib o‘tgan Qarshidagi o‘yinda "Nasaf"ning o‘yindagi birinchi golini kiritgan edi.

“Nasaf” futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblar darvozasiga 27ta gol kiritishgan. Shulardan 10tasiga serbiyalik hujumchi Dragan Cheran mualliflik qilgan. U "Nasaf" to‘purarlari safida karvonboshilik qilmoqda. “Buxoro” jamoasi futbolchilari, bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda 26ta gol kiritishgan. Jamoa to‘purarlar ro‘yxatini Ivan Nagayev boshqarmoqda, uning hisobida 8ta gol bor. Har ikkala to‘purar ham o‘tgan 16-turda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Buxoro”dagi asosiy yo‘qotish

Ivan Nagayev “Nasaf”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur. Uning kartochkalari soni to‘rttaga yetgan. Bu hujumchi o‘tgan 16-turdagi “Olmaliq”qa qarshi o‘yinda to‘rtinchi sariq kartochka olgan.

Ammo “Buxoro” jamoasi tarkibida tajribali hujumchilar yetarli. Yaqinda buxoroliklar safiga Salamat Qutiboyev ham qo‘shildi. Bungacha “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qilgan, “Nasaf”ning sobiq hujumchisi Azamat Allaniyozov ham ikkinchi davradan buxoroliklar safida to‘p tepmoqda.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi o‘yin 11 avgust juma kuni Buxoro shahridagi klub qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi. o‘yin soat 18:00da boshlanadi.

 

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:54, 10.08.2017.
O'qildi: 3328 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.