Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

“Paxtakor” avstraliyalik futbolchi Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi

“Paxtakor” avstraliyalik futbolchi Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Angliyada tug‘ilgan, Avstraliya fuqaroligini olgan futbolchi – Rostin Griffits bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchining tanishtiruv marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bugun, 10 avgust kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda klub rahbariyati va bosh murabbiyi Shota Arveladze ham ishtirok etdi.

“Paxtakor” osiyolik futbolchi limitini Rostin Griffits bilan to‘ldirdi va biz bundan xursandmiz. Uning o‘yinlarini kuzatdim va klubga chaqirishga qaror qildim. U tajribali futbolchi va klubga yordam berishiga umid qilamiz”, – dedi Shota Arveladze.

Avstraliyalik futbolchi qanday qilib “Paxtakor” a’zosiga aylangani va o‘zbek futboli haqida so‘zlab berdi.

“Paxtakor” bosh murabbiyi menga taklif bilan chiqdi va men uni qabul qildim. Jamoa o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ydi: Osiyo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish va O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishish. Aynan shu omillar meni o‘ziga jalb qildi va men O‘zbekistonga keldim. O‘zbek futbolidan xabardorman, Xitoyda to‘p surganimda o‘zbekistonlik futbolchilarga qarshi o‘ynaganman. Ular kuchli texnika va mahoratga ega”, – dedi Rostin Griffits.

ROSTIN GRIFFITS HAQIDA MA’LUMOT
Tug‘ilgan sanasi: 10.03.1988 y
Tug‘ilgan joyi: Stok-on-Trent, Angliya
Fuqaroligi: Avstraliya
Bo‘yi: 187 sm
Ampluasi: Yarim himoyachi

Rostin Griffits futbolchilik faoliyati davomida “Blekbern Rovers” (Angliya, 2006–2009), “Gretna” (SHotlandiya, 2008), “Akkrington Stenli” (Angliya, 2008), “Adelaida Yunayted” (Avstraliya, 2009), “Nort Kvinslend Furi” (Avstraliya, 2009–2010), “Senrtral Kost Mariners” (Avstraliya, 2011–2012), “Guanchjou Fuli” (Xitoy, 2012–2014), “Pert Glori” (Avstraliya, 2014–2015 va 2016–2017) va “Roda” (Gollandiya, 2016–2017) klublarida to‘p surgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:25, 10.08.2017.
O'qildi: 6126 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик