Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Odil Ahmedov: "Vaqtida «Arsenal»ga o‘tishim mumkin edi"

Odil Ahmedov: "Vaqtida «Arsenal»ga o‘tishim mumkin edi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va hozirda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Odil Ahmedov Rossiyadagi faoliyati, xitoylik hamkasblari va Yevropa jamoalaridan bo‘lgan qiziqishlar xususida intervyu berdi.

– Xitoyliklar bilan do‘stlashish jarayoni oson kechdi.   Mahalliy futbolchilar jamoada legionerlar ko‘pligi sabab ularga ajratilgan oltita o‘rindan birida bo‘lishni istashadi.

Xitoyda futbolni chinakamiga sevishadi va doim maydonda asosiy bo‘lishni istashadi. Ishonch bilan ayta olamanki, 5 yildan keyin xitoylik futbolchilar professional darajaga ko‘tarilishadi.

“Anji va “Krasnodar” klublarining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov o‘z vaqtida Yevropa klublaridan qiziqishlar bo‘lganini ham ta’kidladi.

– 2011-yil Angliyaning “Arsenal” klubiga o‘tishim mumkin edi. Albatta, bunday mashhur jamoada kimning o‘ynagisi kelmaydi deysiz?

Lekin o‘sha yil “Anji” bilan shartnoma imzolab bo‘lgandim va klub rahbariyati meni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmadi. Chunki “Anji”ni Yevropa darajasiga olib chiqish rejalashtirilgandi.

“Krasnodar” futbolchisi ekanligimda Fransiyaning “Nissa” jamoasi xizmatlarimga qiziqish bildirdi. Fransiyaliklar “Krasnodar” bilan Yevropa Ligasida o‘ynagandi, harakatlarimni balki shunda kuzatishgan.

Mavsum yakunlangandan so‘ng “Nissa” “Krasnodar”ga rasmiy taklif bilan chiqdi. Afsuski, “Krasnodar” bilan amalda shartnomam bor edi, shuningdek, transferim uchun taklif etilgan narx rossiyalik rahbarlarni qoniqtirmagan. Buni to‘g‘ri tushunishga harakat qildim.

Xitoy klubiga o‘tishim esa “Krasnodar” rahbarlaridan tashqari o‘zimni ham qoniqtirdi. “Krasnodar” meni “Shanxay SIPG”ga 5,5 million yevroga sotdi, “Nissa” esa transferimini sotib olish uchun 500 ming taklif etgandi.

Rossiya jamoalarida boshqa o‘ynamayman, “Shanxay SIPG”dagi yurishimni yakunlanganimdan keyin O‘zbekistonga qaytib, faoliyatimni davom ettiraman, - deya so‘zlarini yakunladi O‘zbekiston terma jamoasi sardori Ahmedov.

Ma’lumot o‘rnida, Ahmedov joriy mavsum “Shanxay SIPG” tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy futbol assosiasiyasi Superligada ishtirok etayotgan jamoalarning legioner futbolchilardan bo‘lgan qarzlarini to‘lab berish uchun 15 avgustga qadar muxlat bergandi.

Qarzdorlar qatorida Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” va O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Changchun Yatay” jamoasi ham bor.

Agar jamoalar belgilangan muddatga qadar qarzdorlikni to‘lab berishmasa, legioner futbolchilarning amaldagi shartnomasi muddatidan avval bekor qilinib, qarzdor klublarga jarim solinadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:53, 10.08.2017.
O'qildi: 19109 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.